Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Isroillik eronshunos olim V.I.Mesamedning ToshDSHIda “Isroil davlati universitetlarida ta’lim jarayoni va fors tilini o‘qitish bo‘yicha yondashuvlar” mavzusidagi ma’ruzasi

25.12.2019, 15:20 Yangiliklar 23

Joriy yilda yurtimizda bo‘lib o‘tgan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun Isroil davlatidan tashrif buyurgan eronshunos olim Vladimir Ilich Mesamed 25-dekabr kuni ToshDSHI professor-o‘qituvchilari uchun “Isroil davlati universitetlarida ta’lim jarayoni va fors tilini o‘qitish bo‘yicha yondashuvlar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.\r\n\r\nTadbirni ToshDSHI O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor, f.f.n., dotsent A.Vohidov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda oxirgi vaqtlarda ToshDSHIning xalqaro hamkorlik bo‘yicha barcha mamlakatlar, xususan, Sharq xalqlari va yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari mustahkamlanib, rivojlanib borayotgani xususida to‘xtalib o‘tdi so‘ngra so‘zni V. I. Mesamedga berdi. Olim Isroil davlat universitetlaridagi ta’lim tizimi, o‘qitiladigan majburiy va tanlov fanlari, qo‘shimcha fanlar, ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, talabalar bilimini baholash bo‘yicha kriteriyalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: