Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Isroilning Quddus Universiteti professoridan ma’ruzalar

26.02.2019, 15:54 Yangiliklar 522

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori hamda 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3151-sonli qarorlarida oliy ta’lim muassasalariga dunyoning yetakchi universitetlari professor-o‘qituvchilarini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga taklif qilish hamda ular bilan o‘zaro tajriba almashish orqali mamlakatimizdagi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish masalariga katta e’tibor berilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ushbu yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar doirasida joriy yilning 22-27-fevral kunlari Isroilning Quddus universiteti professori V.I.Mesamedning institut professor-o‘qituvchilari, doktorant va tadqiqotchilari, talabalari uchun ma’ruza darslari tashkil etilmoqda.

V.I.Mesamed 1994-yildan buyon Quddus universiteti professori sifatida faoliyat olib boradi va sharq filologiyasi, xususan, eronshunoslik hamda Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va konfessiyalararo munosabatlar bo‘yicha yetakchi ekspert hisoblanadi.

V.Mesamed bir necha yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan muhim siyosiy tadbirlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019-yilning 19-20-fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ham ishtirok etdi.

V.I.Mesamedning ilmiy risolalari, monografiyalari va 500ga yaqin ilmiy maqolalari bugungi kunda jahonning keng ilmiy jamoasiga, internet resurslari orqali foydalanuvchilar e’tiboriga havola etilgan. Rossiya Federatsiyasining Isroil va Yaqin Sharq tadqiqotlari institutida ekspert bo‘lib ishlab kelayotgan olim so‘nggi 10-12 yil ichida Isroil, Rossiya, Shvetsiya, Germaniya, AQSh, Kanada, Qozog‘istonda sharqshunoslikning turli masalalari tadqiqiga bag‘ishlangan 150 dan ziyod maqola nashr ettirgan.

Professor V.I.Mesamed TDSHIda fors tilshunosligining dolzarb masalalari, til va siyosat bog‘liqligi, Eron Islom Respublikasining tashqi siyosati, Isroil ta’lim tizimi, Isroilning mintaqaviy siyosati, Eron va Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlari bo‘yicha ma’ruzalar qilmoqda.

IMG_2618

 

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: