Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti jamoasi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi” ni ziyoratida

08.11.2017, 20:33 Yangiliklar 937

TDSHIning “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti jamoasi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi” ni ziyorat qildilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari bilan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga cheksiz hurmat, e’zoz va ehtirom ramzi sifatida poytaxtimiz Toshkent shahrida mustaqil va suveren O’zbekiston Respublikasining me’mori, buyuk davlat va siyosat arbobi, mard, shijoatli va jasur inson O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish yo’lida qilinayotgan amaliy ishlarning davomi sifatida uning faoliyatiga baғishlangan ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi va muhtasham haykal bunyod etildi. Mazkur majmuani har kuni poytaxtimiz aholisi va mehmonlari ziyorat qilib, Birinchi Prezidentimizning yorqin xotirasini yod etadilar. Mana bugun Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ham O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasiga tashrif buyurib, aziz umrini jonajon Vatanimiz, oliyjanob xalqimiz baxti-saodati, bugungi tinch va osoyishta kunlarimizga bag’ishlagan, xalqimiz o’y-fikri, dardu xasrati, quvonchu-shodligi bilan yashagan Birinchi Prezidentimiz poyiga gul qo’yib, hurmat bajo keltirishdi.

photo_2017-11-07_16-14-44

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: