Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti

BEKMURATOV ISMATILLA 
Ilmiy darajasi va unvoni: Siyosiy fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 2526581
E-mail: ismat66bek@yandex.ru

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti institut rektorining 2014 yil 20 sentabr 01-243 sonli qarori asosida tashkil etilgan.

grafHozirda mazkur fakultetda jami 67 nafar, jumladan, 11 nafar professor, 12 nafar fan doktori, 18 nafar fan nomzodi hamda 26 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fakultetda beshta kafedra faoliyat yuritib, shulardan 4 ta mutaxassis yetishtiruvchi va 1 ta fakultetlararo xizmat ko’rsatuvchi kafedralardan iborat. Ular quyidagilar:

 

 

1) “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi.

2) “Xorijiy mamlakatlar tarixi” kafedrasi.

3) “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” kafedrasi.

4) “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi.

5) “O‘zbekistonda demokratik jamiyat  qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi

 

Fakultet miqiyosida hozirgi kunda bakalavriyat bosqichida quyidagi ta’lim yo’nalishlari va magistratura bo’yicha mutaxassislar tayyorlab yetishtirmoqda:

Bakalavriyat bosqichi Magistratura bosqichi
1.     5120700 – Jahon siyosati;

2.     5120300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo’yicha);

3.     5120300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha);

4.     5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati;

1.     5A120701–Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat;

2.     5A120302-Tarix (yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha);

3.     5A120304-Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bo’yicha);

4.     5A120801-Sharq falsafasi va madaniyati.

graf22016-2017 o’quv yilida Jahon siyosati, tarix va falsafa fakultetida tahsil oluvchi bakalavriatura bosqichidagi talabalar soni 541 nafarni, magistratura bocqichda esa 61 nafarni  tashkil etib, fakultet kesimida 602 nafarni tashkil etadi. Jumladan, fakultet kesimida erkaklar 476 nafar ayollar esa 126 nafardan iborat. Shulardan, davlat granti asosida tahsil oluvchi talabalar soni – 112 nafar, to’lov-shartnoma asosida tahsil oluvchi talabalar soni – 490 nafar; regionlar kesimida olib qaraganda poytaxtlik talabalar soni – 147 nafar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlik talabalar soni – 455 nafarni tashkil etadi.

 

Bugungi kunda fakultetdagi kafedralar va “Yoshlar ittifoqi” Yosh BT qoshida quyidagi ilmiy-o’quv to’garaklar faoliyat yuritib kelmoqda:

  • «Yosh diplomatlar»
  • «Yosh tarixchi-sharqshunoslar»
  • «Yosh huquqshunoslar»
  • «Yosh tarixchilar»
  • «Yosh faylasuflar»
  • «Munozara» debat klubi

Fakultet “Yoshlar ittifoqi” Yosh BT faollari tashabbusi bilan “rus”, “ingliz”, “arab”, “xitoy”, “koreys” va “yapon” tillaridan iqtidorli talabalar mas’ulligida til kurslari tashkil etilgan. Mazkur ilmiy-o‘quv to‘garaklar va til kurslarida 189 nafar talaba muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.

Fakultetda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olishlari hamda zamonaviy mehnat bozori talablarga mos kadrlar bo’lib yetishilari uchun respublikamizdagi 20 dan ortiq nufuzli tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan va talabalar mazkur tashkilotlarda pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tamoqda. Ular qatoriga: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti, siyosiy partiyalar, Sharq qo’lyozmalar markazi, Respublika arxivi tashkiloti, kollej va litsey kabi muassasalarni keltirish mumkin.

Fakultetda talaba-yoshlarni mana shunday qo’llab-quvvatlash natijasida iqtidorli talabalarimiz bir qator yutuqlarga erishishgan. Jumladan:

  • “Xalqaro munosabatlar” yo’nalishi bitiruvchisi Ibragimov Bekzod – bakalavriat va magistratura bosqichida ikki marta Prezident stipendiyasi sovrindori;
  • “Xalqaro munosabatlar” yo’nalishi bitiruvchisi Yovqocheva Go’zal – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori;
  • “Jahon siyosati” yo’nalishi bitiruvchisi Jo’raev Axadjon – “Kamolot” stipendiyasi sovrindori;
  • “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” yo’nalishi bitiruvchisi Zafarova Nafosat– “Kamolot” stipendiyasi sovrindori;
  • “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” mutahassisligi talabasi – Dedamirzaev Javohir – “Tarix” bo’yicha 2016 yilgi respublika fan olimpiadasi 3-o’rin sovrindori;
  • “Xorijiy mamlakatlari tarixi” yo’nalishi 3-kurs talabalari Nazarov Davron va Narimonov Javohir – “O’zbekiston tarixi bilimdoni” respublika ko’rik tanlovining 2016 yilgi g’oliblari va boshqalar.

Shuningdek, fakultet iqtidorli talabalaridan 30 ga yaqini hukumatlararo talabalar almashinuvi dasturi doirasida Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya davlatlarida o’z bilim va ko’nikmalarini oshirib qaytishdi va tehsil olishmoqda.

Shunisi quvonalarliki fakultetimizning 2 kurs MOHT yonalishi talabasi Tohirov Saydulla Saudiya Arabistonida bolgan Quron qiroati boyicha otkazilgan musobaqada 70 ta davlatdan kelgan ishtirokchilar orasida sovrinli 5 orinni olib qaytdi.

Fakultetda professor-o’qituvchilar va talabalarning sport bilan shug’ullanishlariga ham alohida e’tibor qaratilib, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bilan hamkorlikda futbol, basketbol, voleybol, kurash, tennis va shaxmat sport turlari bo’yicha o’quv yili davomida muntazam ravishda turli musobaqalar, mashg’ulotlar va “Dekan kubogi” kabi o’zaro bellashuvlar o’tkazilib kelinadi.

05.02.2018, 18:26 2754

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: