Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

JAHON SIYOSATI, TARIX VA FALSAFA FAKULTETIDA AKADEMIK DILOROM YUSUPOVA BILAN UCHRASHUV

05.03.2018, 07:04 Yangiliklar 379

2018-yil 1-mart kuni institutning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq­shunos­lik instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d. Dilorom Yusupova bilan “Qo‘lyozma asarlarni ilmiy tadqiq etish tamoyillari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli talabalar o‘rtasida ilmiy tadqiqot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda institut rektori, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, professor A.Mannonov ishtirok etdi. Uchrashuvda fakultet dekani s.f.n. dots. I.N. Bekmuratov, professor-o‘qituvchilar t.f.d. M.M. Ishoqov, t.f.n. dots. R.R. Alimova, t.f.n. U.Abdullaev, I.B.Xudoynazarov, N.Karimov, V.Abirov, S.Bekmuradov hamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi, Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasining faol talabalari, magistrant­lari, yosh ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Akademik Dilorom Yusupova qo‘lyozma asarlarni tadqiq etish va uning o‘ziga xos jihatlari haqida, uzoq ilmiy faoliyati davomida amalga oshirgan tadqiqotlari natijalari haqida ishtirokchilarga so‘zlab berdi. Jumladan, o‘rta asr muarrixlari Xondamir, Mirxond hayoti va faoliyati, astronom olim Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosi, Sharqshunoslik institut tasarrufidagi qo‘lyozma asarlar katologi, Fasix Xavofiyning “Mujmali Fasixiy” asar­lari bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlari va ularning natijalari, xorijlik manbashunos olimlar bilan ilmiy hamkorlik, o‘tgan asr manbashu­nos­ligi va bugungi manbalar taqiqiqoti doirasida amalga oshiri­la­yotgan ishlar haqida so‘zlab berdilar. So‘ngra, akademik olimaning ilmiy faoliyati, hayot yo‘liga bag‘ishlab “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan tayyorlangan hujjatli film namoyish etildi. O‘zbekiston ilmi-fanining yirik darg‘alari bilan yosh sharqshunos talabalar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuv har tomonlama foydali bo‘lib, talabalarni qiziqtirgan savollar va mushohadalar bilan davom etdi. Uchrashuv so‘nggida institut rektori A.Mannonov institutda iqtidorli talabalar doimo qo‘llab-quvvatlanishi, nomdor stipendiantlar soni ortib borayotgani, yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini nashr etish, ommalashtirish institut rahbariyatining doimiy e’tiborida ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

 002

Kafedra mudiri R.R. Alimova

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: