Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Jahon siyosati, tarix va falsafa fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yillik yubileyi munosabati bilan xotira kechasi haqida

26.01.2018, 18:05 Yangiliklar 397

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilli­gi­ni nishonlash to‘g‘risida”gi qaror ijrosi bo‘yicha institutda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2018-yilning 25-yanvar kuni  Jahon siyosati, tarix va falsafa fakultetida Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi tashabbusi bilan xotira kechasi o‘tkazildi.

Xotira kechasida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi direktori, taniq­li  tarixchi olim, f.f.d. professor Hasanov Baxtiyor Vahobovich ishtirok etib,  buyuk davlat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasi va u kishi amalga oshirgan ulkan ishlarning tarixiy ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Olim muzey fondida saqlanayotgan videomateriallar asosida Islom Karimov shaxsi va o‘zaro uchrashuvlardagi suhbatlar natijasi bo‘yicha film namoyish etib, talabalarga mustaqilligimiz me’mori, O‘zbek davlatchiligi tarixini yana bir yuqori darajaga olib chiqqan arbob haqidagi xotiralarni so‘zlab berdilar.

80-yillu 80-yillik 80-yil

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: