Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Janubiy osiyo tillari kafedrasi

 nuramatov-sirojiddin NURMATOV SIROJIDDIN SULTANMURATOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 805 78 18
E-mail: sirojiddin2003@yahoo.com

Kafedra tarixi

Mustaqil Hindiston va Pokiston davlatlarinng tengdoshi bo‘l­mish Janubiy Osiyo tillari kafedrasiga Toshkent davlat universiteti Sharq fakultetining tarkibida 1947-yilda asos solingan. Filologiya fanlari nomzodi V. S. Moskalyov va I.D. Serebryakov kabi Moskva, Leningraddan kelgan mutaxassislar kafedraning asoschilari bo‘ldilar. Kafedra o‘z faoliyatida Hindiston va Pokis­ton xalqlari jonli tillarining eng nufuzlilaridan hisoblangan hindiy va urdu tillari bo‘yicha mutaxassis tayyorlashni asosiy vazi­fa qilib belgilagan edi.

Keyingi vaqtda Hindistonning Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan taqdim etilgan hind tillaridagi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotiga oid ikki mingdan ortiq kitoblarni, shuningdek, audio-video va kompyuter asbob-uskunalarining tuhfa qilinishi hamda Mahatma Gandi nomidagi hindshunoslik ilmiy markazining tashkil etib berilishi – hindshunoslarimiz uchun muhim ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Mazkur kitob fondi tufayli Janubiy Osiyo tillari kaferdasi o‘quv ilmiy tadqiqot markazi bo‘libgina qolmay, balki hind filologiyasini o‘rganishning o‘ziga xos ilmiy-uslubiy va axborot markaziga ham aylanishi mumkin.

Kafedrada hozirgi vaqtda 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra tasarrufida 3 xil til o‘qitiladi: hind, urdu, vyetnam.

Kafedrada ma’naviy va ma’rifiy ishlar borasida ham ancha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Maxsus rejalar asosida talaba yoshlar tafakkurida yuksak ma’naviyatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil ravishda tadbiq etib kelinmoqda.

 Kafedra qoshida Hindiston elchixonasi yordamida “Mahatma Gandi tadqiqot markazi” (2007-yil) va Pokiston elchixonasi ko‘magida “Urdu tili va adabiyoti markazi” (2009-yil)ning faoliyat boshlashi o‘qitiladigan fanlarning sifati va saviyasini oshirishga hamda respublikamizda hindshunoslik, urdushunoslikning rivojlanishiga jiddiy hissa bo‘lib qo‘shildi.

2012-yilning 30-noyabrida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Elchixonasi hamda VSRning O‘zbekistondagi “Petro-Vyetnam” kompaniyasi tomonidan “Vyetnam tili va madaniyati markazi” ochildi. Ushbu markazlarda mamlakatshunoslik, til va adabiyot bilan bog‘liq turli tadbirlar o‘tkaziladi.

 Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)

Kafedra magistratura mutaxassisligi

  • 5A120102 – Lingvistika (tillar bo‘yicha)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. Asosiy o‘rganilayotgan til (hind, urdu, vyetnam).
  2. O‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish (hind, urdu, vyetnam).
  3. Asosiy o‘rganilayotgan til leksikalogiyasi (hind, urdu, vyetnam).
  4. Qo‘shimcha sharq tili (hind, urdu, vyetnam).
  5. Asosiy o‘rganilayotgan til fonetik tizimi
  6. Mutaxassislikka kirish
  7. Hozirgi zamon hind tillar tipologiyasi
  8. Til o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari (hind, urdu, vyetnam).
  9. Asosiy o‘rganilayotgan til nazariy grammatikasi (hind, urdu, vyetnam).
  10. Asosiy o‘rganilayotgan til (hind, urdu, vyetnam) va o‘zbek tili qiyosiy grammatikasi

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Mutaxassislikning nazariy masalalari (hind, urdu, vyetnam)
  2. Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (hind, urdu, vyetnam)
  3. Asosiy o‘rganilayotgan til tarixi (hind, urdu, vyetnam)
  4. Janubiy Osiyo tillar genezisi
  5. O‘rganilayotgan til stilistikasi (hind, urdu, vyetnam)
  6. Tilshunoslik tarixi va uning zamonaviy yo‘nalishlari (hind, urdu, vyetnam)
  7. O‘rganilayotgan mamlakat til vaziyati (hind, urdu, vyetnam)
  8. Sinxron tarjima nazariyasi va amaliyoti
  9. Lingvistik tadqiqotlar metodologiyasi

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Xodjayeva Tamara Alimovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  2. Begizova Xanzarifa – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  3. Abdurahmanova Muhayyo Hakimovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  4. Raxmatov Bayot – katta o‘qituvchi
  5. Sodiqova Mavjuda Qobulovna – katta o‘qituvchi
  6. Murtazaxodjayeva Maktuba Maxamatjonovna – katta o‘qituvchi
  7. Zakirova Umida Ismatovna – o‘qituvchi
  8. Shoraxmedova Muxlisa Ansaritdinovna – o‘qituvchi
  9. Qodirova Dilbar Mirzaxparovna – o‘qituvchi
  10. Suleymanova Ma’mura Muxsumovna – o‘qituvchi
  11. Maxkamova Nilufar Fatxullayevna – o‘qituvchi – stajyor

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. ToshDShI qoshidagi Yunusobod Xorijiy tillar akademik litseyi
  2. ToshDShI qoshidagi Olmazor akademik litseyi
  3. Lal Bahadur Shastri nomidagi 24-maktab

Kafedraning xalqaro hamkorligi

  1. Javaharlal Nehru universiteti (Dehli, Hindiston)
  2. Dehli universiteti (Dehli, Hindiston)
  3. Hindiy tiliga ixtisoslashgan ta’lim markazi (Agra, Hindiston)
  4. Mumbay universiteti qoshidagi Sathaye ta’lim muassasasi (Mumbay, Hindiston)
  5. Jomiya Milliya universiteti (Dehli, Hindiston)

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqolalari

  1. Nurmatov S.S. “O‘zbek-hind madaniy aloqalari rivojlanishida o‘zbek hindshunoslarining qo‘shgan hissasi” (2010)
  2. Nurmatov S.S. “Morphological and Typhological Peculiarities of numerals of Hindi and Sinhalese” (2011)
  3. Nurmatov S.S. “Tamil va singal tillarining o‘zaro yaqinligi (sanoq sonlar misolida)” (2012)
  4. Nurmatov S.S. “Морфологические особенности числительнiх на язiках Южной Азии (на примере хинди и сингальского язiков)” (2012)
  5. Nurmatov S.S. “К вопросу о вкладе российских ученiх в изучение сингальского язiка” (2013)
  6. Nurmatov S.S. “Hindiy tilidaga son so‘z turkumiga xos morfologik xususiyatlar (hind tilshunos olimlarining ilmiy nazariy qarashlari asosida qiyosiy tahlil) (2014)
  7. Nurmatov S.S. “Indian Studies in Uzbekistan” (2015)
  8. Nurmatov S.S. “Desh-videsh mai hindi ke prachaar-prasaar ki samasyain tatha Uzbekistan mai hindi bhasha ka adhyaapan tathaa adyapan: vartmaan aur bhavishya” (2016)
  9. Abdurahmonova M. “Urdu tili darslarida matn ustida ishlash usullari”(2016)
  10. Xodjayeva Т “Yangi hikoya’’ yo‘nalishi. (2010)
  11. Xodjayeva T.A. “Р Тагор и узбекско-индийские литературнiе связи” (2010)
  12. Xodjayeva T.A.”Новiе тенденции в новеллистикие-параллелнiй рассказ” (2010)
  13. Xodjayeva T.A. “Отличнiе особенности новелистики К.С.Дугчала” (2011)
  14. Murtazaxodjayeva M.”Til o‘qitishda diktofon xizmatidan foydalanish”(2016)
  15. Zakirova U. “Amaliy mashg‘ulotlarni kompyuter texnologiyalari asosida tashkil qilish(2016)
  16. Shorahmedova M. “Tarjimada muallif uslubini berish masalalari”(2016)
  17. Mahkamova N. “Vyetnam tilidagi yordamchiko‘rsatkichlarning ma’no jihatidan guruhlarga bo‘linishi”(2016)
  18. Shorahmedova M.A.., ’’Baburnoma” nashlarining (2016)
  19. Qodirova D.M.”Chữ Quổc ng̣̣ư “ 1da so‘z yasalishi (2016)
  20. Xodjayeva T.A. “ Модификации жанра рассказа хинди’’ (2015)
  21. Suleymanova M.M. ““Rsaliya”, ”Termin va Ekvivalentsiz leksik” atamalari umumiylik va tafovutlar” (2015)

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  1. “Janubiy Osiyo tillarining dolzarb muammolari”
  2. “Xorijiy Sharq mamlakatlari tillarini o‘rganish va tilshunoslikning nazariy masalalari”
  3. “Tarjima nazariyasi va amaliyoti masalalari”
  4. “Sharq mamlakatlari adabiyotida janr va uslub masalalarini o‘rganish”

Fotolavhalar

Hindiston elchisi bilan uchrashuv (2016 yil)

bra

bra1

 

 

 

23.11.2016, 16:40 682

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: