Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kamolot YIH

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti 2001-yilda o’z faoliyatini boshladi. Bu tashkilotning Institutda o’z faoliyatini boshlashdan asosiy maqsadi Sharqshunoslik talabalarining bugungi istiqbolli jamiyatimizda tashabbuskor shaxs bo’lib yetishishlari va Mustaqil O’zbekistonimizning ertangi buyuk kelajagi uchun fidoyi inson sifatida tarbiya topishlari, shuningdek, atrofdagi tengqurlarini ham shu fidoyilik sari jipslashtira olishlari nazarda tutiladi.O’zining bosh maksadini belgilab olgan holda bu tashkilot mana bir necha yildirki o’z qanoti ostida minglab iqtidorli talabalarni birlashtira oldi. Hamda talabalar hayotiga turli yangiliklar olib kirish bilan birga, ularning keyingi maqsadlari sari ishonchli ko’mak beruvchi tartibli reja-dasturlarini talabalar e’tiboriga havola etmoqda. Har yili institutimizda “KAMOLOT” YIH boshlang’ich tashkiloti  institut yetakchiligiga saylov bo’lib o’tadi. Bu saylovga iqtidorli, har taraflama zukko, intiluvchan, tashkilotchi talabalar nomzodlari tavsiya qilinadi.

2013-yil 30-noyabr kuni 2013-2014-o’quv yili uchun “Kamolot” YIH BT institut yetakchiligiga bo’lib o’tgan saylovda Jahon siyosati va tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Rahmonberdiev Oybek Mo’minjon o’g’li saylandi. Shu kuni 9 yo’nalish bo’yicha kengash a’zolari ham saylab olindi.

Hozirgi kunga kelib ToshDSHIning faol kamolotchi talabalari o’quv yili boshida tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq faoliyat yuritmoqdalar.

17.11.2016, 15:27 1081

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: