Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kitob – tafakkur qanotidir

03.06.2017, 09:23 Yangiliklar 133

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti G‘ofur G‘ulom uy muzeyi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri G‘ofur G‘ulom hayoti va ijodi hamda institut talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va rag‘batlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini taqdirlash tadbirini o‘tkazdi. Mazkur tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari hamda G‘ofur G‘ulom uy muzeyi rahbari, adabiyotshunos olima Olmos Ahmedova ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan shoirning qizi, adabiyotshunos olima Olmos Ahmedova o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri bo‘lgan G‘ofur G‘ulom hayoti va ijodi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Institut talaba-yoshlari shoir G‘ofur G‘ulomning XX asr o‘zbek she’riyati va nasrining mashhur namoyondalaridan biri hamda hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti va o‘zbek ma’naviyati rivojiga munosib xissa qo‘shgan so‘z san’atkori ekanligi haqida to‘liq ma’lumot oldilar. Tadbir davomida kitobxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

DSC02994 DSC02974 DSC02976 DSC03116

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: