Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomli O‘zbekiston-Xitoy instituti (bundan keyin – institut) 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va XXRning Ta’lim vazirligi orasida “Toshkent shahrida Konfutsiy nomli institutni tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuv”ga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-sentyabrdagi “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida Xitoyshunoslik fakultetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi № PP-2228 sonli qarori ijrosiga muvofiq tashkil etildi.
Hozirgi paytda institutda xitoy tilidan dars beradigan 15 nafar o‘qituvchi mehnat qiladi, bulardan 7 nafar volontyor-o‘qituvchi – Xitoy tomonidan va 8 nafari TDSHI o‘qituvchilaridir.
2016-2017 o‘quv yilida instiutdagi doimiy tinglovchilar soni 550 kishidan oshdi.
Filologiya fanlari nomzodi Nosirova Saodat Abdullaevna institutning O‘zbekiston tomonidan direktori hisoblanadi. Filologiya fanlari nomzodi Di Syaosya institutning Xitoy tomonidan direktori hisoblanadi.
Institut A.Temur ko‘chasi, 13/A (“Kafolat” AJ binosining chap qanot 1-qavat) manzilida joylashgan.

Telefon: +998 95 198 56 88

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti haqida to’liq ma’lumotni www.kongzi.uz rasmiy saytidan oishingiz mumkin.

02.07.2018, 13:28 4925

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: