Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreya delegatsiyaning TDSHIga tashrifi

04.07.2019, 20:51 Yangiliklar 183

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining dunyoning nufuzli oliygohlari bilan o‘quv va ilmiy tadqiqot ishlari doirasida olib borayotgan o‘zaro hamkorliklari natijasida ta’lim sifatining oshishiga erishilmoqda. Ana shunday ishlar yuzasidan bajarilayotgan vazifalar institutning dunyo bo‘ylab yuksalishiga zamin bo‘lmoqda. Xususan, mazkur sa’y-harakatlar doirasida 4 iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori G. Rixsiyeva Koreyaning Degu Hani (Daegu Haany) universitetidan tashrif buyurgan delegatsiyani qabul qildi.

Mazkur universitet Koreyaning Kyonsan shahrida joylashgan bo‘lib, 1980 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Koreyaning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Hozirda universitetda 7 mingdan ziyod talaba va magistrantlar tahsil olmoqda. Delegatsiya TDSHI bilan o‘zaro ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish, institutda koreys tili va adabiyoti, iqtisodi, siyosati, tarixi bo‘yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlash jarayonini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi.

Suhbat chog‘ida Degu Hani universiteti rektori Byung Chang Hun TDSHI haqida ko‘p iliq fikrlarni eshitib, mazkur oliygoh bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashrif buyurganini bayon qilib, institut rahbariyatining yuqori darajada kutib olganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Kelajakda qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish yuzasidan ko‘ptomonlama shartnomalar imzolanishiga umid qilib qolishini bildirdi.

Suhbatdan so‘ng mehmonlarga instituning imkoniyatlari, axborot resurs markazi, Koreyashunoslik fakulteti va uning tarkibidagi kafedralar, koreyashunos mutaxassislar tanishtirildi.

photo_2019-07-18_14-27-37   photo_2019-07-18_14-27-35 (2) photo_2019-07-18_14-27-34  photo_2019-07-18_14-27-32 photo_2019-07-18_14-27-32 (2) photo_2019-07-18_14-27-31

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: