Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreya fondi granti sovrindorlari

24.01.2020, 21:41 Yangiliklar 35

23-yanvar kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida Koreya fondining xalqaro grant sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon janoblari, maslahatchi Gu Kvang Il, ToshDSHIning Koreyashunoslik fakulteti dekani Shoira Usmanova, Koreya tarixi va madaniyati kafedrasining Koreya Fondi volontyor-o‘qituvchisi Choy So Yong hamda doktorant va magistrantlar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Koreya fondining 14 100 AQSh dollari miqdoridagi xalqaro grantini qo’lga kiritgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoslik fakulteti tayanch doktoranti Sirojiddin Maxatov “Innovatsion rivojlanishning xorij tajribasidan O‘zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari”, mustaqil izlanuvchi Dilorom Ashirbayeva “Koreys va o‘zbek diskursida murojaat birliklarining qiyosiy tadqiqi”, magistrantlar: Sherov Rasul “Globallashuv sharoitida Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlanish transformatsiyasi”, Aziza Xidoyatova “Yang Kvija hikoyalarida obrazlar tizimi”, Maftuna Baxramova “Sinxron tarjima sohasining taraqqiyot bosqichlari” mavzularida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari uchun Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon janoblari tomonidan Koreya fondining sertifikatlari hamda stipendiyalari bilan taqdirlandilar.

photo_2020-01-24_14-57-32-300x225 photo_2020-01-24_14-57-29-300x225 photo_2020-01-24_14-57-17-300x225 photo_2020-01-24_14-57-15-300x225 photo_2020-01-24_14-57-09-300x225 photo_2020-01-24_14-57-08-225x300 photo_2020-01-24_14-57-06-225x300 photo_2020-01-24_14-57-04-225x300

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: