Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakultetida masofaviy darslar boshlanadi

25.01.2020, 21:45 Yangiliklar 24

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Koreyashunoshlik fakulteti 2020-yilda talaba yoshlarning bilim va koʻnikmalarini yanada boyitish, hamda ularga turli imkoniyat yaratish maqsadida koʻplab loyihalarni rejalashtirilmoqda. Ushbu loyihalar ichida Koreyaning yuqori salohiyatga ega oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish ham mavjud. Xususan, 2020-yilning 11-fevralidan boshlab Koreyashunoslik fakultetida Koreya Respublikasi OTMlari top 10 taligi va dunyo OTMlari 500 taligiga kirgan Hanyang universiteti bilan “Koreys korporatsiyalarining rivojlanishi, ularning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni” mavzusida masofaviy darslar boshlanadi. Dars jarayonida talabalar Koreya iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari, jamiyat taraqqiyotida korporatsiyalarning tutgan o‘rni, biznesning rivoji va startap korxonalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida bilimlarga ega bo‘ladilar.Mazkur onlayn darslarini Koreya vakili sifatida Xanyang universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti professori Lyu Chju Xan, O‘zbekiston vakili sifatida esa Koreya tarixi va madaniyati kafedrasining Koreya Fondi volontyor-o‘qituvchisi Choy So Yong olib boradilar.Darslar haftaning seshanba kunlari 13.30dan 14.30gacha tashkil etiladi  va 16 hafta davom etadi. Hamkorlikdagi ushbu darslar talabalarning Koreya iqtisodiyotiga doir bilimlarini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega. Darslarda koreys tilini bilish darajasiga ega bo‘lgan koreys filologiyasi yo‘nalishidan 10 nafar, Koreya iqtisodiyoti va siyosati yo‘nalishidan 5 nafar va Koreya tarixi va madaniyati yo‘nalishidan 5 nafar,  jami 20 nafar talaba ishtirok etadi. Masofali o‘qitish loyihasi jarayonida talabalar ikki marta imtixon topshirishadi. Imtixon natijalariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan talaba Koreya Respublikasiga yozgi maktabga borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: