Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakultetida Talabalikka bag’ishlov tadbiri

26.10.2018, 17:52 Yangiliklar 277

2018 yilning 26 oktabr kuni institutimizda yangi tashkil etilgan Koreyashunoslik fakultetida talabalikka bag’ishlov bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda institut va fakultet rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talabalar hamda xorijlik mehmonlar ham ishtirok etdilar. Tadbirda fakultet iqtidorli talabalari o’rtasida turli viktorinalar, bellashuvlar va lotareya o’yinlari o’ynaldi. Ayniqsa o’zbekistonlik talabalarning koreys tilida, koreyalik talabalarning o’zbek tilida notiqlik san’ati bo’yicha musobaqasi va so’z o’yinlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Fakultetda tahsil olayotgan yuqori kurs talabalarining koreys kinolaridan lavhalarni o’zbekcha talqinda namoyish etganliklari qatnashchilar olqishiga sabab bo’ldi. Tadbir turli go’zal kuy-qo’shiq va raqslarga boy bo’ldi.

IMG_3924

IMG_3927

IMG_3937

IMG_3953

IMG_3960

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: