Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“ KOREYASHUNOSLIK YOSH SHARQSHUNOSLAR NIGOHIDA” MAVZUIDAGI ANJUMAN

20.04.2019, 15:24 Yangiliklar 116

Anjuman 2019-yil 15-aprelda TDSHI ning asosiy binosi, 516 xonada soat 11:30 da boshlandi. Anjumanda kafedra o‘qituvchilari, jumladan kafedra mudiri f.f.d., dots. Kim N.D., Ashirbayeva D.R., Mirsharipova B.A., Xakimova B.X. hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi boshlig‘i Axmedova Sh.I. ishtrok etishdi. Anjumanni iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi boshlig‘i Axmedova Sh.I. ochib berdi. Talabalar navbatma navbat o‘z maqolalari bilan chiqishdi. Xususan, Nishonova Dilshoda 1-kurs “Образование в Корее”, Amonova Aziza 1-kurs “Взаимоотношения старших и младших”, Obro‘eva Gulrang 1-kurs “Культура Кореи”, Burxonova Dilso‘za 2-kurs “Koreys tilida oq va qora ranglari ishtirok etgan maqollarda oppozisiya hodisasi”, Yuldashev Samandar 2-kurs “O‘zbek tilidagi sinonimlarning koreys tilida berilishi”, Xidoyatova Aziza 4-kurs Koreys tili aspektida “그러나 va그렇지만  zidlovchi bog‘lovchilar”, Xamzayeva Madina 4-kurs “Семантика корейских пословиц , включающая названия  растений в корейском и русском языках”, Ni Natalya 4-kurs «Семантика устойчивых словосочетаний с компонентами  «마음» сердце и «가슴» душа в корейском и русском языках», Sa’dullayeva Maryam 4-kurs “Семантические типы вспомогательных глаголов и их роль в выражении субъективно модальных значений в корейском языке», Maxmudova Zamira 4-kurs “Семантика корейских пословиц , включающая названия домашних животных в корейском и русском языках” mavzuidagi o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Anjuman davomida har bir ishtirokchiga o‘z mavzusi doirasida savollar berildi.

Anjuman yakuniga ko‘ra quyidagi talabalarning ma’ruzalari eng yaxshi deb topildi:

  1. o‘rin : Sa’dullayeva Maryam 4-kurs “Семантические типы вспомогательных глаголов и их роль в выражении субъективно модальных значений в корейском языке»
  2. o‘rin: Burxonova Dilso‘za 2-kurs “Koreys tilida oq va qora ranglari ishtirok etgan maqollarda oppozisiya hodisasi”
  3. o‘rin: Xidoyatova Aziza 4-kurs Koreys tili aspektida “그러나 va그렇지만 zidlovchi bog‘lovchilar”
  4. Alevetdinov Sultan 4-kurs “Современное положение изучения корё маль (на материале изучения корё маль в СНГ)”

Barcha ishtirokchi talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Anjumanni iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi boshlig‘i Axmedova Sh.I. va kafedra mudiri f.f.d. dots. Kim N.D. so‘zga chiqib, talabalarni anjumanda ishtiroki bilan tabriklab, yakunlandi.

Koreys filologiyasi kafedrasi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: