Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Koreyashunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi I talabalar an’anaviy yillik anjumani

25.04.2019, 21:50 Yangiliklar 470

2019-yil 17-aprel kuni Koreyashunoslik fakultetining “Koreyashunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi I talabalar an’anaviy yillik anjumani o‘tkazildi. Mazkur anjumanda “Koreya tarixi va madaniyati” 12-aprel, “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” 13-aprel, “Koreys filologiyasi” 15-aprel kunlari o‘tkazgan kafedralar talabalari anjumanida yuqori o‘rinlarni egallagan va faol ishtiroklariga muvofiq fakultet anjumaniga tavsiya etilgan  20 dan ortiq talabalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzalar koreys tili va adabiyoti, Koreya tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti va siyosati masalalariga bag‘ishlangan bo’lib, anjuman uch til – o‘zbek, rus, ingliz tillarida olib borildi.

Anjumanni Iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi boshlig‘i Sh.Ahmedova, Koreya tarixi va madaniyati kafedrasi mudiri Q.Imomnazarov, Koreyashunoslik fakulteti Ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini N.Ismatullayevalar olib borishdi.

Anjuman so‘nggida ishtirokchi talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

photo_2019-04-17_19-23-41 photo_2019-04-17_19-24-17 photo_2019-04-17_19-25-23 photo_2019-04-17_19-25-56 photo_2019-04-17_19-26-01 photo_2019-04-17_19-26-03 photo_2019-04-17_19-26-05 photo_2019-04-17_19-26-06 photo_2019-04-17_19-26-07 photo_2019-04-17_19-26-10

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: