Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreys filologiyasi kafedrasi

 saydazimova-u SAYDAZIMOVA UMIDA TURAXANOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 325 00 36
E-mail: koreys_filologiyasi@mail.ru

Kafedra  tarixi

1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida koreys filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. Dastlab, u yapon filologiyasi kafedrasi tarkibiga kiritilgan. 1992 yildan boshlab alohida kafedra sifatida faoliyat britib kelmoqda. 1991 yildan 2004 yilga fadar kafedrani Kim Mun Uk boshqargan. 2004 yildan 2015 yilga fadar kafedrani f.f.d., dots. Kim Viktoriya Nikiforovna boshqardi. 2015 yil
Bugungi kunda koreys filologiyasi kafedrasi keng ko‘lamdagi mutaxassislar bo‘yicha filolog-koreyashunoslarni tayyorlovchi markaz hisoblanadi. O‘zbekistondagi koreysshunoslikni rivojlantirishning dastlabki bosqichida milliy kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj juda katta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu masala o‘zining to‘liq yechimini topdi. Ularning asosiy qismini Toshkent davlat shaqshunoslik institutining dastlabki filologik bilimga ega bo‘lgan bitiruvchilari, Koreya Respublikasidan maxsus ma’ruzalar o‘qish uchun taklif qilingan «KOICA» tashkiloti volontyorlari hamda «Korea Foundation» fondi tomonidan taklif qilingan professor-o‘qituvchilari tashkil etadi.
Ta’lim olish ikki – bakalavriat va magustratura bosqichlarida olib boriladi. Kafedra bakalavriat bosqichida “Filologiya va tillarni o‘qitish” (sharq tillari) bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. Magistratura bosqichida “Lingvistika” (koreys tili) va “Adabiyotshunoslik” (koreys adabiyoti) mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Shu bilan birga kafedra o‘qituvchilari xorijiy mamlakatlar tarixi, Sharq falsafasi, Uzoq Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik kafedralarida ham ma’ruza va amaliy soatlarni olib borishadi.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
5120100- Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)
Kafedra magistratura mutaxassisligi
5A 120102 – Lingvistika (koreys tili)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat yo‘nalishi:
1.    Asosiy sharq tili (1 kurs)
2.    Mutaxassislikka kirish (1 kurs)
3.    Tanlov fan:Koreys tili ieroglifikasi (1 kurs)
4.    Asosiy o‘rganilayotgan tili (2 kurs)
5.    Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti (2 kurs)
6.    Asosiy o‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish (2 kurs)
7.    Asosiy o‘rganilayotgan til leksikologiyasi (2 kurs)
8.    Qo‘shimcha sharq tili (2 kurs)
9.    Asosiy o‘rganilayotgan tili (3 kurs)
10.    Tili o‘rganilayotan mamlakat adabiyoti (3 kurs)
11.    Til o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari (3 kurs)
12.    Tanlov fan: Koreys tili ieroglifikasi ( 3 kurs)
13.    Asosiy o‘rganilayotgan til (4 kurs)
14.    Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti (4 kurs)
15.    Qo‘shimcha sharq tili (4 kurs)
16.    Asosiy sharq tilining nazariy grammatikasi (4 kurs)
17.    Tarjima amalayoti (4 kurs)
18.    Koreys tilining lingvomadaniy aspektlari (4 kurs)
19.    Koreys adabiyotida dramaturgiya (4 kurs)
20.    Koreys adabiyotida yangi maktab va yo‘nalishlar (4 kurs)
Magistratura mutaxassisligida:
1.    Mutaxassislikning nazariy masalalari (1 kurs)
2.    Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (1 kurs)
3.    Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili (2 kurs)
4.    O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati (2 kurs)
5.    O‘rganilayotgan til tarixi (1 kurs)
6.    Koreys tilining funksional uslublari (1 kurs)
7.    Frazeologizmlarning milliy-semantik xususiyatlari (1 kurs)
8.    Sinxron tarjima nazariyasi va amaliyoti (2 kurs)
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
1.    Kim Viktoriya Nikiforovna – falsafa fanlari doktori, dotsent
2.    Kim Olga Anatolevna – filologiya fanlari nomzodi
3.    Pan Larisa Antonovna – filologiya fanlari nomzodi
4.    Kim Yelena Valerevna – katta o‘qituvchi
5.    Choy So Yong – katta o‘qituvchi
6.    Chang In Suk – volontyor-o‘qituvchi
7.    Say Luiza Deonisovna – o‘qituvchi
8.    Erdanova Hulkar Erkinovna – o‘qituvchi
9.    Bekkulov Erkin Raimovich – o‘qituvchi
10.    Turdiev Sanjar Komilovich – o‘qituvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari:
1.    Toshkent davlat iqtisodiyot va diplomatiya universiteti
2.    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
3.    Samarqand davlat chet tillar instituti
4.    TDShI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi
5.    TDShI qoshidagi Olmazor akademik litseyi
6.    Shayhontohur tumaniga qarashli 59-son ixtisoslashtirilgan maktab
7.    Sejong instituti
8.    Koreya Respublikasining Toshkentdagi koreys tili o‘quv markazi
Kafedraning xalqaro hamkorligi
1.    Koreya Respublikasi Elchixonasi
2.    «KOICA» Xalqaro Agentligi
3.    «Korea Foundation» fondi
4.    «Academy of Korean Studies» Xalqaro fond
Kafedra professor-o‘qituvchilarinng nashrlari
1.    Kim V.N., Kim Ye.V. Nasionalno-kulturnaya semantika frazeologicheskoy sistemi v koreyskom yazike. – T.: TashGIV, 2009.
2.    Kim V.N., Choy So Yeng. Stilistika koreyskogo yazika. T., TashGIV, 2009
3.    Kim V.N., Kim Ye.V. Dialektologiya koreyskogo yazika. – T., TashGIV, 2009
4.    Kim V.N., Choy So Yeng.. Ieroglifika. T., TashGIV, 2009
5.    Kim Fil, Kim V.N. Grammatika koreyskogo yazika. Morfologiya i sintaksis. T., TashGIV, 2009
6.     Kim Ye.V., Shokirova N.B. Koreys tili 3. ToshDShI, 2013
7.     Kim T.S., Yunusova G.D. Koreys tili 4. ToshDShI 2013
8.     Kim Ye.V. Metodika prepodavaniya koreyskogo yazika.-T., TashGIV. 2013.
9.     Kim V.N., Kim Ye.V. Vvedenie v spesfilologiyu. – T., TashGIV, 2013
10.     Kim V.N., Pan L.A. Leksikologiya. T., TashGIV, 2013
11.     Yun Te Yong, Kim O.A. Koreys tili 1.ToshDShI. 2013
12.     Yun TeYong, Pan L.A. Koreys tili 2. ToshDShI, 2013
13.     Kim V.N., Kim Ye.V. Grammaticheskiy i sintaksicheskiy stroy koreyskogo yazika. T., TashGIV, 2013
14.     Saydazimova U.T., Choy So Yong “Mumtoz koreys adabiyoti she’riyati” Toshkent, 2013.
15.     Saydazimova U.T., Choy So Yong “Mumtoz koreys adabiyoti nasri” Toshkent, 2013.
16.     Saydazimova U.T., “Poetika koreyskoy poezii” Tashkent, 2013.
17.     Saydazimova U.T., Choy So Yong va b. “Zamonaviy koreys adabiyoti she’riyati” Toshkent, 2014.
18.     Saydazimova U.T., Choy So Yong va b. “Zamonaviy koreys adabiyoti nasri” Toshkent, 2014.
19.     Saydazimova U.T., Choy So Yong va b.“Koreyskaya literatura” Tashkent, 2015.
20.     Saydazimova U.T., Choy So Yong va b.“Koreys adabiyoti”. Toshkent. 2015
21.     Saydazimova U.T. “Zulfiya she’riyati” to‘plami (koreys tilida) Toshkent. 2015
22.     Saydazimova U.T. “A.Qahhor hikoyalari” to‘plami (koreys tilida) Toshkent. 2015
23.     “Koreys tilini birgalikda o‘rganamiz” multimediali darslik tayyorlandi.
24.     Saydazimova U.T., Kim Ye.V. “Asosiy o‘rganilayotgan til (koreys tili)ni o‘qitish metodikasi va zamonaviy texnologoyalar” TDShI, 2015
25.     Koreys adabiyotidan tanlangan asarlar.Seoul,Think book, 2015.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:
1.    Zamonaviy koreys tilshunosligining dolzarb muammolari
2.    O‘zbekistonda koreysshunoslikni rivojlantirishning muhim masalalari

Fotolavhalar

k3

k4

koreys-1

koreys-2

 

 

 

08.06.2017, 22:31 1400