Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

27.09.2018, 18:40 Yangiliklar 371

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori A.Mannonov, Mirobod tuman prokuroturasi katta yordamchisi M.Niyozmetov, Mirobod tuman prokuroturasi yordamchisi Sh.Shomirzaev, Mirobod tuman prokuroturasi yordamchisi I.Bo‘riev, Mirobod tuman Ichki Ishlar profilaktika inspektori A.Rejamatov, Mirobod tuman Ichki Ishlar profilaktika inspektori A.Yo‘ldoshaliev, Mirobod tuman Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Miralievlar hamda institut prorektorlari, fakultet dekanlari va ularning muovinlari, 20 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 400 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda profilaktika tadbirlari, “prokuror nazorati”, “prokuror soati”, tumanda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida ham korrupsiyaning oldini olishga doir ma’lumotlar berildi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Huquqiy bilimlar” va “Ma’naviyat soatlari” mashg‘ulotlarida ham bu mavzuga alohida to‘xtalib, aholiga qonun oldida har bir fuqaro tengligi, korrupsiyaning oldini olishga barcha birdek mas’ulligi tushuntirilayotganligi ishtirokchilarga bayon etib o‘tildi. Jinoyat uchun jazo muqararligi, jazoning turlari, Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid ayrim moddalar shahri va mohiyatini talabalarga tushuntirib berdilar. Ma’ruzachilar yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni huquqbuzarlik va jinoyachilikdan qaytarish va yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetib, o‘z kuch-quvvati, salohiyatini vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida sarflashdek ulug‘ ishlar bilan band bo‘lishga barchani chaqirdilar. Qizg‘in suhbatdan so‘ng Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori A.Mannonov tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan xoli bo‘lmasligini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli javob va tushunchalar bildirildi.

IMG_1922 IMG_1925 IMG_1933 photo_2018-09-27_16-39-32

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: