Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi

ALIMOVA RAHIMA RUSKULOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari nomzodi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 806 11 66
E-mail:


Kafedra tarixi

1991-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil topishi bilan bir paytda uning tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi ham tuzilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari (Oliy ta’limning DTS)ga muvofiq “5220200 – Tarix (mamalakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishiga muvofiq bakalavrning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar” va “5220200 (Hozir-5 120300) – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A 220204 (Hozir 5A 120304 – Tarixshunoslik tarixiy tadqiqotlar metodlari (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bo‘yicha) raqamli mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar” asosida Markaziy Osiyo xalqlari va mintaqaning umumiy tarixi, davlatchiligi tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik, diniy dunyoqarash tizimlari, ijtimoiy – siyosiy rivojlanish bosqichlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, etnik-ijtimoiy va etno-madaniy munosabatlar bo‘yicha o‘quv fanlari o‘qitiladi. Shuningdek, kafedra qoshida tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodi va metodologiyasi muammolariga tegishli fanlar bo‘yicha magistratura ta’lim bosqichi tashkil etilgan.

1991-1998 yillar davomida kafedraga t.f.d., prof. G‘. Ahmadjonov mudirlik qildi

1998 yildan 2012 fevralgacha t.f.d., prof. M.M.Is’hoqov

2012-2013 yillar t.f.n. Sh.Saidov

2013-2014 yillar t.f.n. X.T. Fayziev

2014-2015 yillar t.f.n. R.R. Alimova

2015-2017 yillar t.f.n. I.M.Haydarov

2017-yildan esa  t.f.n. R.R. Alimova rahbarlik qilmoqda

1998-yilga qadar “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish, kafedra faoliyatida yetakchi o‘rin tutib kelgan. 1998-2006 yillar mobaynida Markaziy Osiyo tarixiy-geografik mintaqasi doirasini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, fanlar takomillashtirildi. Chunonchi, Sharqiy Turkiston, Tibet Oltoy-Yettisuv, Dashti Qipchoq tarixlarini o‘qitish joriy qilindi.

MOXT kafedrasi Markaziy Osiyo davlatlarining oliy o‘quv yurtlari ichida, maqsad va vazifalariga ko‘ra, yagona hisoblanadi. Talabalar asosiy va ikkinchi Sharq tillari, G‘arb tillaridan birini bilish asosida tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslik ixtisoslariga ega bo‘ladilar.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5 120300 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Kafedra magistratura mutaxassisligi

  •  5A 120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. Mutaxassislikka kirish
  2. Sharq allomalarning ilmiy merosi
  3. Etnodemografiya
  4. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi
  5. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenez va etnik tarixi
  6. Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi
  7. Markaziy Osiyo davlatchiligi va urbanistik jarayonlar
  8. Markaziy Osiyo madaniyati tarixi
  9. O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa) ijtimoyi-siyosiy ta’limotlar tarixi
  10. Tarixiy manbalarni o‘qish va talqin etish (arab, fors)
  1. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligi
  2. Markaziy Osiyo xalqlari manbashunosligi
  3. Genealogiya
  4. Arxivshunoslik
  5. Markaziy Osiyo va jahon sivilizatsiyalari tizimida

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Mutaxassislikning nazariy masalalari
  2. Tarixiy tadqiqotlar usullari
  3. Manbashunoslik amaliyoti
  4. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi konsepsiyasi
  5. Markaziy Osiyo nomad madaniyati genezisi va taraqqiyoti
  6. Mutaxasislik fanlarni o‘qitish metodikasi
  7. Tarix falsafasi
  8. Qo‘lyozmalarni o‘qish va tarjima qilish amaliyoti

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Doniyorov Alisher Xudoyberdiyevich – tarix fanlari doktori, professor
  2. Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich – tarix fanlari doktori, professor
  3. Kamoliddin Shamsiddin Sirojiddin o‘gli – tarix fanlari doktori
  4. Alimova Raxima Ruskulovna – tarix fanlari nomzodi
  5. Fayziev Xurshid Turgunovich – tarix fanlari nomzodi
  6. Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich – o‘qituvchi
  7. Xudaynazarov Iso Baysoatovich – o‘qituvchi
  8. Abirov Valisher Elmuradovich – o‘qituvchi
  9. Lutfullayev Hamidullo – tarix fanlari nomzodi
  10. Xudoyberdiyev Ravshan – o’qituvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  2. O‘zR FA Tarix instituti
  3. O‘zR FA San’atshunoslik instituti
  4. O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  5. O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
  6. Markaziy davlat arxivi
  7. Amaliy san’at muzeyi
  8. 328-umumta’lim maktabi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

  1. Is’hoqov M.M. Tarix tadqiqotlari metodi va metodologiyasi haqida ayrim mulohazalar // Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqoti metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari: Resp. VIII ilm.-naz. konf. materiallari. ToshDShI, 2016.30 apr. 8 ilmiy to‘plam. – T., 2016. 4-12.
  2. Doniyorov A.X. O‘zbekistonda etnografiya fanining shaklla­nishi masalasiga doir // Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqoti metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari: Resp. VIII ilm.-naz. konf. materiallari. ToshDShI, 2016. 30 apr. 8 ilmiy to‘plam. – T., 2016.
  3. Kamoliddin. “Проблемы древней и средневековой истории Чача” nomli ilmiy to‘plam nashr etildi (Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2015. 229 bet).
  4. Alimova R.R. “Jeti-jarg‘a” – qozoq xonligi qonunlari majmuasi //“Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqoti metod­­lari va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublikasa VIII ilmiy-nazariy konferensiyasining materiallari. 2016. B.273-278

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  • O‘rta Osiyo xonliklarining tashqi a’loqalari tarixshunosligi;
  • O‘rta Osiyo respublikalarining iqtisodiy aloqalari tarixi;
  • Temuriylar davri diplomatiyasi;
  • Farg‘ona vodiysida konchilik va tog‘-kon sanoati tarixi (XIX asr oxiri- XX asr boshlari);
  • История хозяйственнiх отношении раннесредневекового Согда;
  • O‘rta Zarafshon vohasida etno-madaniy jarayonlar (19 asr 2-yarmi 20 asr);

Kafedraning ilmiy loyihalari

  1. “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi”
  2. “Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi”
  3. “Tarixiy tadqiqot usullari”

Kafedra hayotidan fotolavhalar

haydarov

haydarov1

haydarov44

haydrov2

17.09.2018, 17:44 2655