Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mumtoz filologiya kafedrasi

alimuhamedov ALIMUXAMEDOV RIXSITILLA ABDURASHIDOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari:  Har kuni soat 14:00-16:00
Tel.: +99871 233-24-58
E-mail:

Kafedra tarixi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi o‘zbek klassik adabiyoti va adabiy tili bo‘yicha ilmiy ish olib boradigan, arab va fors tillarini yaxshi egallagan, ilkin yozma manbalar, sharq qo‘lyozmalarini o‘qib o‘rganadigan, o‘lmas obidalarimizga yo‘g‘rilgan ma’naviyat durdonalarini, kishilikning ilg‘or qarashlarini xalqimizga yetkazib bera oladigan filolog-mutaxassislarni yetishtiruvchi yirik markazdir. Kafedra 1993 yilda “Manbashunoslik, matnshunoslik va tarjima nazariyasi” nomi bilan tuzilgan edi. 1999 yilgacha o‘quv ishlari sharq filologiyasi fakulteti arab, fors filologiyasi bo‘limlarining talabalaridan tuzilgan maxsus manbashunos va matnshunos kadrlar tayyorlash guruhi shaklida olib borilgan.

2004 yili respublikada mumtoz yozma merosni o‘rganadigan, ulug‘ mutaffakkir shoirlarimizning asarlarini tadqiq etib, ularni yosh o‘g‘il-qizlarga yetkaza oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlash to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash ishi arab, fors va eski turkiy tillari chuqur o‘qitiladigan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga topshirildi. Shu munosabat bilan institutda bakalavrlik va magistratura bosqichlarida mumtoz filologiya bo‘limi ochildi va ushbu ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish ishlari ham ayni kafedraga yuklatildi.

2008 yilda kafedraning nomi “Mumtoz filologiya” deb o‘zgartirildi.

Kafedra tuzilgandan to 1996 yilga qadar unga filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilov boshchilik qildi. 1996 yildan 2008 yilning boshlariga qadar kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Alimulla Habibullayev boshqardi. Kafedrani 2008 yildan 2017 yil sentyabr oyigacha filologiya fanlari doktori, professor Qosimjon Sodiqov boshqardi. Kafedraga 2017 yil sentyabr oyidan buyon filologiya fanlari doktori Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich mudirlik qilmoqda.

Kafedraga ikki nafar tayanch doktorant, shuningdek, bir qancha mustaqil izlanuvchilar biriktirilgan.

Kafedrada yetmish sakkiz nafar bakalavr, o‘n uch nafar magistr tahsil olmoqda.

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha)

Kafedraning magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120103 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha)
  • 5A120104 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi

  1. “Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari”;
  2. “Arab tili”;
  3. “Fors tili”;
  4. “Eski o‘zbek tili”;
  5. “O‘zbek mumtoz adabiyoti”;
  6. “Arab va fors mumtoz adabiyoti”;
  7. “Navoiyshunoslik”;
  8. “Yozuv tarixi va kalligrafiya”;
  9. “Arab va fors badiiy matnlarining lingvistik tahlili”;
  10. “Sharq qo‘lyozmalarini o‘qish”;
  11. “Tarixiy leksikografiya”;
  12. “Til va adabiyot o‘qitish metodikasi”.

Magistratura mutaxassisliklari

5A120103 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilayotgan fanlar:

  1. “Mutaxassislikning nazariy masalalari”;
  2. “Sharq mumtoz adabiyotshunosligi”;
  3. “Yozma yodgorliklar tili”;
  4. “Mumtoz janrlar tizimi va uslublar tipologiyasi”;
  5. “Ilk o‘rta asrlar sharq tillarining naazariy asoslari (sanskrit, sug‘d va qadimgi xitoy tillari)”;
  6. “Mumtoz badiiy matn stilistikasi”.

5A120101 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilayotgan fanlar:

  1. “Mutaxassislikning nazariy masalalari”;
  2. “Sharq matnshunosligi”;
  3. “Adabiy manbaning filologik tadqiqi”;
  4. “Yozuv tarixi va kitobat san’ati”;
  5. “Adabiy manbashunoslik va matn stilistikasi”;
  6. “Sharq mumtoz poetikasi”.

 Kafedraning professor-o‘qituvchilari

  1. Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich – filologiya fanlari doktori
  2. To‘xliyev Boqijon – filologiya fanlari doktori, professor.
  3. Habibullayev Alimulla – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  4. Eshmuhamedova Maryam Malikovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  5. Rahmatullayev Nodir Nuritdinovich – o‘qituvchi.
  6. Sa’dullayeva Nodira Namozovna – o‘qituvchi.
  7. Maxmarajabov Fazliddin – o‘qituvchi.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
  • O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Kafedraning xalqaro hamkorligi

  • Turkiyaning Istanbul universiteti adabiyot fakulteti.
  • Turkiyaning Erzurum shahridagi Otaturk universiteti.
  • Xitoyning Sinzyan Pedagogika universiteti.

 Kafedra professor-o‘qituvchilari chop ettirgan kitoblar

  1. Эшмуҳамедова М. Аҳмад Яссавий ҳикматлари киритилган қўлёзмалар каталоги. Тошкент, 2010.
  2. Ҳасаний М., Ҳабибуллаев А. Манбашунослик ва матншуносликнинг назарий масалалари. –Тошкент, 2012.
  3. Эски туркий асарларни қўлёзмалардан ўқиб-ўрганиш. Тузувчи: Р. Алимуҳамедов. Тошкент, 2013.
  4. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining birinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент: Bayoz, 2017.
  5. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент: Bayoz, 2017.
  6. To’xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot (Majmua). Akademik litseylarnining uchinchi bosqich o‘quvchilari uchun. – Тошкент: Bayoz, 2017.
  7. Тўхлиев Б. Навоий ғазаллари.(насрий баён, шарҳ ва изоҳлар). – Тошкент: ТДШИ, ТДПУ, 2016.
  8. Р.Зарипова, Н.Садуллаева. Қиссаси Рабғузий. 1-китоб. Тошкент, 2013.
  9. Р.Зарипова, Н.Садуллаева. Қиссаси Рабғузий. 2-китоб. Тошкент, 2015.

 Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari

  • Turkiy yozma adabiy tilining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti masalalari;
  • Turkiy yozma yodgorliklar tili. Matnlarning lingvistik tahlili va ularni hozirgi tilga o‘girish masalasi;
  • O‘zbek klassik adabiyoti tadqiqi;
  • O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi, uning yuzaga kelishi va tarixiy takomili masalalari, o‘zbek adabiyotshunosligi tarixida yaratilgan ilmiy asarlar;
  • Yozma yodgorliklarni hozirgi tilga o‘girish va ularni talqin qilishning tugun va yechimlari;
  • Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik;
  • Sharq qo‘lyozmalari va ularni o‘rganish masalalari;
  • O‘tmishdan qolgan asarlarning ilmiy, ilmiy-tanqidiy, yig‘ma matnlarini tuzish masalalari;
  • Yozuv tarixi va kitobat san’ati. Qadimgi turkiy yozuvlar va ularning Markaziy Osiyo xalqlari yozuv madaniyati tarixida turgan o‘rni;
  • O‘rta Osiyoda yaratilgan arab va fors tillaridagi yozma merosni tadqiq etish va o‘zbek tiliga o‘girish masalalari.

Fotolavhalar

qosi9mjon

qosimjon

qosimjon1

 

28.08.2018, 15:12 2556

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: