Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mumtoz filologiyasi kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi

26.02.2019, 16:39 Yangiliklar 645

2019-yilning 26-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti Mumtoz filologiya kafedrasi tomonidan buyuk shoirlar, bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni Mumtoz filologiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori R.Alimuxamedov ochib berdi. Shundan so’ng mumtoz filologiya ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi, ibratli hayot yo’li, qoldirgan buyuk adabiy va ilmiy me’rosiga oid chiqishlar taqdim etildi. Tadbirga O’zbekiston davlat konservatoriyasi vakillari tomonidan kuylangan kuy va qo’shiqlar o’zgacha ko’rk bag’ishladi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy kecha davomida tadbir ishtirokchilari o’rtasida Alisher Navoiy va Bobur ijodiga bag’ishlangan viktorina ham o’tkazildi. Tadbir yakunida uni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan talabalar fakultet dekanati va Mumtoz filologiya kafedrasi tomonidan esdalik sovg’alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

photo_2019-02-27_18-29-13 photo_2019-02-27_18-29-13 (2) photo_2019-02-27_18-29-14 photo_2019-02-27_18-29-14 (2) photo_2019-02-27_18-29-15 photo_2019-02-27_18-29-15 (2) photo_2019-02-27_18-29-16 photo_2019-02-27_18-29-16 (2) photo_2019-02-27_18-29-17 photo_2019-02-27_18-29-17 (2) photo_2019-02-27_18-29-18 photo_2019-02-27_18-29-18 (2) photo_2019-02-27_18-29-19 photo_2019-02-27_18-29-19 (2) photo_2019-02-27_18-29-20 photo_2019-02-27_18-29-21

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: