Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Nashrdan chiqqan bir qator muhim adabiyotlar haqida

11.01.2020, 14:30 Yangiliklar 0

Bugungi kunda eronshunoslik va afg‘onshunoslik bo‘yicha yana bir katta qadam tashlandi. Ketma-ketma bir nechta adabiyotlar nashrdan chiqdi.

ToshDSHI professori, f. f. d. A. Mannonov va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Qoraboyevlar hammuallifligida “Pashtu tili” darsligi nashr etildi. Darslikda madaniy, siyosiy hamda iqtisodiy sohaga oid materiallar jamlangan bo‘lib, pashtu tiliga qiziquvchilar va bu tilni o‘rganuvchilar uchun nazariy asos bo‘la oladi. Bu adabiyot mualliflarning ko‘p yillik mehnatlari samarasi bo‘lib, xorij adabiyotlari tajribasi asosida yozilgan. Darslikda berilgan mashqlar yangi leksikani o‘zlashtirishga xizmat qiladi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda darsni tashkil qilishda amaliy ko‘rsatmalarni o‘zida jamlagan. Qolaversa, afg‘onshunoslarni mutaxassis sifatida tayyorlashda dasturul-amal bo‘lishi kutilmoqda.

ToshDSHI dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) X. Alimova va eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Yo. Xo‘jaqulovlar hammuallifligida “Dariy tili” darsligi ham nashrdan chiqdi. Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori A. Quronbekov bilan kafedra o’qituvchisi N. Nuriddinov hammuallifligida “Fors tili leksikologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi ham chop etildi.

Har bir muallifni bu yutuq bilan qutlaymiz va keying nashlariga ham omad tilaymiz!

photo_2020-01-13_14-44-09 photo_2020-01-13_14-44-11 photo_2020-01-13_14-44-12 photo_2020-01-13_14-44-13 photo_2020-01-13_14-44-14

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: