Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi”

19.12.2017, 18:44 Yangiliklar 912

Joriy yilning 18-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetida “Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirobod tumani IIB XPB VYYO‘N va XPG inspektori, kapitan X.Ermatov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida odam savdosining salbiy oqibatlarini keng targ‘ib qilish, ularni odam savdosi bilan bog‘liq turli oqimlarga kirib ketishlarining oldini olish.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan kerakli javob va tushunchalar bildirildi. Fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini N.Raxmatullaev va 2-kurs talabasi D.Raxmonova O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” radiosiga intervyu berishdi.

Tadbir davomida “Odam savdosi” nomli film namoyish etildi.

photo_2017-12-24_18-54-42 photo_2017-12-24_19-00-54 photo_2017-12-24_19-00-56 photo_2017-12-24_19-00-58

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: