Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

OLAMNI MUNAVVAR AYLAYDI AYOL!

09.03.2017, 16:50 Yangiliklar 577

2017-yil 6-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Olamni munavvar aylaydi ayol!” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori A.Mannonov bayram bilan institutda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilarni hamda ishchi-xodimlarni qutladi. Hozirgi kunda ayollarning jamiyatda tutgan o‘ni beqiyos ekanligini aytib o‘tdi. Institutda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib, talabalarga ta’lim-tarbiya berishda barchaga namuna bo‘lish bilan bir qatorda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashuvchi bir qator fidokor ustoz-murabbiylar va ishchi-xodimlarga rahbariyatning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg`alari topshirildi. So‘ng tadbirning badiiy qismi boshlanib, unda O‘zbekiston davlat drama teatri aktorlari bayram tabrigi bilan ishtirok etishdi. Tadbirda bayramona kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: