Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ona tili – millat ruhi”

20.10.2017, 20:29 Yangiliklar 357

2017-yil 20-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “G‘afur G‘ulom” nashriyoti bilan hamkorlikda “Ona tili – millat ruhi” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda yozuvchi professor Xurshid Do‘stmuhammad, Filologiya fanlari doktori, professor Boqijon To‘xliev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi xalqaro bo‘limi boshlig‘i Atxam Alimbekov hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va she’rlar tadbir ishtirokchilariga hush kayfiyat ulashdi. Hozirda institutda tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘zbek tili va o‘zbek xalqiga bo‘lgan mehrlarini o‘zbek tilida izhor etib, tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo‘ldilar.
Shuningdek, tadbir davomida “G‘afur G‘ulom” nashriyoti tomonidan yangi chop etilgan kitoblar savdosi ham tashkil etildi.

photo_2017-10-20_17-05-14

photo_2017-10-20_17-05-36

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: