Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ona tilim jarangi olam uzra taralgay” shiori ostida badiiy kecha

22.10.2019, 16:40 Yangiliklar 43

Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir. Ayni kunlarda mamlakatimiz bo’ylab O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi joylarda keng nishonlanmoqda. Ona tilimizning asoslarini o’rganish, milliy qadriyatlarimizga, o’z ona tilimizga muhabbat va sadoqatni aholi, ayniqsa yoshlar ongiga chuqur singdirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Xususan, bayram munosabi bilan Shayxontohur tumani 84-umimiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot olib borayotgan ToshDSHI Tarix va falsafa fakulteti 4-bosqich talabalari va maktab o’quvchilari tomonidan “Ona tilim jarangi olam uzra taralgay” shiori ostida badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, badiiy sahna ko’rinishlari hamda musiqali chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

photo_2019-10-28_16-40-29 photo_2019-10-28_16-40-34 photo_2019-10-28_16-40-35

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: