Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Orzuimdagi mahbuba” spektakli namoyishi

18.04.2018, 13:36 Yangiliklar 160

Ma’lumki, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlar ma’naviy-ma’rifiy dunyosini boyitib borish maqsadida teatrlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Institut professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlarining har oyda shahrimiz teatrlariga tashriflari fikrimiz isbotidir. Shu bilan birga, joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston davlat satira teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Orzuimdagi mahbuba” nomli komedik-spektakl professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlarga institutning “Madaniyat saroyi”da namoyish etildi. Aktyor va aktrisalarning mohirona chiqishi yig‘ilganlar olqishiga sabab bo‘ldi hamda qatnashchilar o‘zlari uchun ulkan ma’naviy ma’rifiy hamda madaniy ozuqa oldilar.

photo_2018-04-23_13-37-57 photo_2018-04-23_13-38-03 photo_2018-04-23_13-38-06 photo_2018-04-23_13-38-07

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: