Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O’zbek-hind munosabatlari: qadim zamonlardan bugunga qadar” mavzuida xalqaro seminar

28.09.2018, 18:46 Yangiliklar 443

2018-yilning 28 sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “O’zbek-hind munosabatlari: qadim zamonlardan bugunga qadar” mavzuida xalqaro seminar bo’lib o’tdi

Diplomatik vakolatxonalar, vazirlik va idoralar,  mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan xalqaro tadbir, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga  davlat tashrifi arafasida bo’lib o’tdi.

Tadbir tashkilotchilari:

  • O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti;
  • O’zbekiston Fanlar akademiyasining Tarixni muvofiqlashtirish va metodik markazi;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti sanaladi.

Tadbir avvalida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, professor A.Mannonov so’zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga o’z minnatdorchiligini bildirdi va ikki mamlakatning o’zaro tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalari uzoq o’tmishga borib taqalishi va hamkorlikning yangi yo’nalishlarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi.

Xalqaro Seminarda O’zRes FA vitse prezidenti, professor B.A.Abduhalimov,  Hindistonning O’zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi S.Ghosh, Hindistonning O’zbekistondagi elchixonasi  qoshidagi Lal Bahodur Shatri nomidani madaniyat markazi direktori, professor Ch.Shekhar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Instituti yetakchi ilmiy xodimi B.Usmanov, JIDU professori N.Tulaganova,  TDSHI professori U.Muhibova, O’zRes FA Tarix instituti professori M.Rahimov,  O’zRes FA Tarix instituti direktor o’rinbosari Sh.Muhamedov,  O’zRes FA Tarix instituti “Zamonaviy tarix va xalqaro tadqiqotlar” bo’limi boshlig’i o’rinbosari R.Nazarov, TDSHI dotsenti T.Xodjaeva, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlar va do’stlik aloqalari qo’mitasi bo’lim boshliqlari G.Abbasova, F.Bekov, hind tiliga ixtisoslashtirilgan 24-sonli maktab o’qituvchisi N.Abduraxmonovalar  o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Xalqaro seminarda ikki mamlakat o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, manadiy munosabatlarni rivojlantirish, fan, ta’lim, innovatsiyalar sohasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo’nalishlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

IMG_2014

IMG_2006

IMG_2024

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: