Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim” nomli kitob taqdimoti

06.05.2018, 22:07 Yangiliklar 90

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Kommisiya tuzish to‘g‘risida”gi PF-4789-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, turli nashriyot-matbaa uylari va bosmaxonalar bilan hamkorlikda kitob yarmarkalari hamda taqdimotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu ishlarning davomi sifatida joriy yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Mirobod tuman Kengashi bilan hamkorlikda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Baxrom Irzaevning “O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Mirobod tuman Kengashi vakillari, institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda o‘zlikni anglash g‘oyasi asosida mamlakatimiz tarixining barcha bosqichlarini haqqoniy va xolis manbalar asosida yoritish, xalqimizning, ayniqsa talaba-yoshlarning qalblarida milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga xazmat qiluvchi asari to‘g‘risida muallif Baxrom Irzaev barcha qatnashchilarga keng tushuntirish va ma’lumotlar berdi.

Tadbir savol-javob shaklida davom etdi va eng yaxshi savol egasiga muallif dastxati tushirilgan kitobni sovg‘a qildi.

photo_2018-05-06_22-07-00

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: