Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston-Koreya iqtisodiy-siyosiy munosabatlarining yangi bosqichi

20.04.2019, 15:13 Yangiliklar 374

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulteti koreya iqtisodiyoti va siyosati kafedrasi tomonidan 2019-yil 13-aprel kuni “O‘zbekiston-Koreya iqtisodiy-siyosiy munosabatlarining yangi bosqichi” mavzusidagi talabalar an’anaviy yillik anjumani o‘tkazildi. Ushbu anjumanda 8 nafar jahon siyosati yo‘nalishi talabalari hamda 2 nafar xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar. Anjuman davomida barcha talabalar o‘z ilmiy maqolalarini taqdimot usulida yoritib berdilar.

Anjumanda quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

1 o‘rin – Abdullayeva Xolida (Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik, 3 kurs)

2 o‘rin – Abdusamatov Jahongir (Jahon siyosati, 4 kurs)

3 o‘rin – Axatov Narimon (Jahon siyosati, 4 kurs)

Faol ishtirokchi – Rasulov Sardor (Jahon siyosati, 4 kurs)

Faol ishtirokchi – Iskandarbekov Abduhalil (Jahon siyosati, 4 kurs)

Anjuman so‘ngida  barcha professor-o‘qituvchilar talabalar ilmiy maqolalariga o‘z fikrlarini bildirdilar hamda g‘olib bo‘lgan talabalar uchun fakultet bosqichiga yo‘llanma berdilar.

001-ks 002-ks

Koreya iqtisodiyoti va siyosati kafedrasi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: