Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston – mustaqil vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!

21.01.2017, 19:08 Yangiliklar 680

Kuni kecha Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 25 yil to‘lganligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘ZBEKISTON – MUSTAQIL VATANIMIZ, MILLIY ARMIYAMIZ FAXRU G‘URURIMIZ!” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Bayram tadbiriga tashrif buyurgan elimiz ardog‘idagi san’atkorlar, taniqli teatr aktyorlari, jumladan, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlaridan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarashova, Sharofiddin Muzropovlar tomonidan bildirilgan bayram tabrigi, iste’dodli xonandalar Sherzodbek, Sanjar Xaliqov, Jasur Mavlonov, Yulduz Nizomova, Bahriddin Zuxriddinovlar tomonidan kuylangan  kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining Harbiy orkestori tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Institut talabalari ham bayramga monand o‘zlari tayyorlagan sahna chiqishlarini namoyish etdilar. Ona Vatanimizni tarannum etuvchi she’rlar o‘qidilar. Bayram ko‘taringki kayfiyatda bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi.

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: