Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston Qurolli Kuchlari – tinchligimiz va xavfsizligimiz kafolati” mavzusida davra suhbati

10.01.2020, 13:05 Yangiliklar 5

10-yanvar kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetida “14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun munosabati bilan “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari – tinchligimiz va xavfsizligimiz kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatini fakultet dekani prof. Q.Omonov o’zining kirish so’zi bilan ochib berib, barchani mazkur bayram bilan muborakbod etdi. Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari faxriylari Kengashi raisi polkovnik X.Sa’dullaev, Kengash a’zolari polkovnik S.Temirov va polkovnik A.Po‘latovlar o‘z so‘zlarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘z ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotganligi, bugungi kunda O‘zbekiston amalda o‘zining zamonaviy, ixcham va harakatchan, yaxshi qurollangan, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyasiga ega ekanligi, shuningdek, 80-yillarda o‘zbekistonliklarning Baynalmilal qo‘shinlar tarkibida urush harakatlaridagi  ishtiroklari, mamlakatimiz chegaralari ishonchli qo‘llarda ekanligini  yorqin misollar asosida batafsil yoritib berdilar. Shuningdek,ular tomonidan “O‘zbekiston mard o‘g‘lonlarini unutmaydi” nomli hujjatli  film namoyish etildi.

Suhbat harbiy faxriylar bilan institut talabalarining o’zaro savol-javobi tarzida davom etdi. Tashrif buyurgan mehmonlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

14-январ1 14-январ2 14-январ3 14-январ4

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: