Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha tadbir

27.12.2017, 18:05 Yangiliklar 744

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni institut rektori prof. A.Mannonov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi haqida so‘z yuritib, mazkur Murojaatnomada Respublikamizda 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari o‘z ifodasini topganligi to‘g‘risida fikr bildirdi. Iqtisod fanlari doktori, prof. N.To‘xliyev o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida mamlakatimiz taqdirini belgilaydigan eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlanitirish bo‘yicha dolzarb fikrlar ifoda etilganligi, shuningdek, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovasion rivojlanish yo‘liga o‘tishi haqida batafsil sharxlab berdi. Yig‘ilishda institut professor-o‘qituvchilaridan dots. J.Shabanov, dots. D.Po‘latovalar so‘zga chiqdilar.

photo_2017-12-27_18-01-22 photo_2017-12-27_18-01-26 photo_2017-12-27_18-01-29 photo_2017-12-27_18-01-32 photo_2017-12-27_18-01-35 photo_2017-12-27_18-01-40

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: