Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar Agentligiga qarashli Urush va mehnat faxriylari pansionatiga bir guruh ToshDSHI talabalarining tashrif

15.01.2020, 20:56 Yangiliklar 41

Sahovat va mehr-muruvvat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatlardan sanaladi. Xalqimiz azal-azaldan mehrga muxtoj insonlarga yordam qo‘lini cho‘zib kelgan. Shu an’anani davom ettirish maqsadida ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetidan bir guruh talaba-yoshlar Yoshlar Ittifoqi fakultet yetakchisi boshchiligida  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar Agentligiga qarashli Urush va mehnat faxriylari pansionatiga tashrif buyurdilar. Mazkur pansionatda 155 nafardan ortiq yolg‘iz, parvarishga muhtoj qariya onaxon va otaxonlar, nogironligi bor urush va mehnat faxriylari istiqomat qilib keladilar. Albatta, bu insonlarni qadrlash, ularning og‘irini yengil qilish barchamizning farzandlik burchimizdir. Bu kabi xayrli fazilatlarni o‘zida mujassam etgan fakultetning faol talabalari pansionatdagi qariyalarni ziyorat etish, ahvollaridan xabar olish va ularga oz bo‘lsa ham mehr ulashish maqsadida yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturini namoyish etdilar va sovg‘a ulashdilar. Tadbir oxirida pansionat rahbari o‘z nomidan va qariya otaxon va onaxonlar nomidan ToshDSHI rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini izhor etib, pansionat tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: