Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

25.07.2018, 14:54 E'lonlar 1027

Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3153-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilar:

Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1 -ilovaga muvofiq;

Oliy ta’lim muassasasida kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.ARIPOV
Toshkent sh.,
2017 yil 21 noyabr,
930-son

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: