Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali ochilish marosimi

01.09.2017, 21:51 Yangiliklar 676

TDSHI jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan haykal ochilish marosimida qatnashdi.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalarining ulug‘vor shukuhi hamyurtlarimiz qalbini ulkan quvonch, cheksiz g‘urur va faxr-iftixor bilan to‘ldirayotgan shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga yuksak e’zoz va ehtirom, cheksiz minnatdorlik ramzi sifatida 31-avgust kuni poytaxtimizda mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, mard va jasur inson O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan haykal ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan kelgan keng jamoatchilik vakillari qatori Toshkent  davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ham tantanali ochilish marosimida qatnashib Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, yorqin xotirasi yod etildi. Birinchi Prezidentimiz aziz umrini jonajon Vatanimiz, oliyjanob xalqimiz baxtu saodati, bugungi tinch va osoyishta kunlarimizga bag‘ishladi, xalqimiz o‘y-fikri, dardu xasrati, quvonchu-shodligi bilan yashadi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: