Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston tarixi” kanalida Zaxriddin Muhammad Boburning tavallud ayomiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvida TDSHI “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtiroki

10.02.2020, 15:46 Yangiliklar 1

9-fevral kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida “O‘zbekiston tarixi” kanalida Zaxriddin Muhammad Boburning tavallud ayomiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvida TDSHI “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Bu tadbirda buyuk bobomizning barcha yozib qoldirgan me’mor va nodir asarlarining o‘rni, ularni barcha kitob ishtiyoqmandlarining qo‘liga yetib borishi, hozirgi kunda ana shu asarlarini jamiyatimizdagi barcha qatlamlar o‘rtasida targ‘ib etish masalalari ekspertlar: f.f.d., professor Hamidulla Boltaboyev, f.f.n., dotsent Otabek Jo‘raboyev, shoir Doniyor Mirzo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Yangiboy Qo‘chqorov, ilmiy tadqiqotchilar: Jalollidinxon Abdullayev, Ulug‘bek Qoplonbekovlar tomonidan tahlil qilindi.

Tashkil etilgan davra-suhbatida TDSHI “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti talabalari Mahmudov Quvonchbek, Kamolov Javohir, Ortiqboyev Otabek o‘z fikr-mulohazalari bilan so‘zga chiqib, mutaxassislar bilan o‘rtoqlashdi. Taklif etilgan ekspertlar guruhi yoshlarning chaqnab turgan ko‘zidagi shijoatlarni ko‘rib yana bir bor shunday yoshlar borligidan g‘ururlandilar.

photo_2020-02-10_15-44-53 photo_2020-02-10_15-44-58

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: