Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston va Yaponiya madaniy aloqalari bo‘yicha Xalqaro ilmiy konferensiya

20.03.2018, 01:03 Yangiliklar 765

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2018-yilning 16-17-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 178-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq “O‘zbekiston va Yaponiya madaniy aloqalarining dolzarb masalalari: til, tarjima va adabiy jarayonlar” mavzusidaXalqaro miqyosdagiilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Yaponiyaning Sukuba universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan anjumanda respublikamiz soha vakillari bilan bir qatorda 20 ga yaqin xorijlik olimlar ishtirok etdilar.

Konferensiyaning ochilish marosimida Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ito Nobuaki janoblari ham ma’ruza bilan qatnashdi. Yaponiyaning Sukuba universiteti, Nagoya universiteti, Kozog‘iston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti,O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston-Yaponiya markazi va boshqa tashkilotlardan40 dan ortiq professor-o‘qituvchilarining ilmiy ma’ruzalari muhokama qilindi.

Ushbu anjuman o‘ziga xos ilmiy axborot almashinuvi maydonini tashkil etib O‘zbekistonning xalqaro ilmiy muhitga bo‘lgan integratsiyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Yaponiya madaniy aloqalarining dolzarb masalalari, xususan, til, adabiyot, til tarixi, tarjimashunoslik bo‘yicha ilmiy muammolar yuzasidan fikr almashish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, birgalikda amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarni muhokama qilish, yosh tarjimashunoslar va tarjimonlarni tayyorlashdagi hamkorlik yuzasidan qator tavsiyalar ishlab chiqildi.

photo_2018-03-16_15-39-47

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: