Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji”mavzusidagi xalqaro anjuman

21.11.2017, 17:22 Yangiliklar 119

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xitoyshunoslik fakulteti hamda institut qoshidagi Konfutsiy nomidagi O’zbek-Xitoy instituti hamkorligida 18-noyabr kuni “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji”mavzusidagi xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Anjuman Tashkent Wyndham mehmonxonasining anjumanlar zalida soat 10 da boshlandi. Anjuman Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori professor A.Mannonovning anjuman ishtirokchilariga tabrik so’zlari bilan ochib berildi. Tadbirning ochilish qismida so’zga Xitoy xalq respublikasining O’zbekistondagi muxtor elchisi Sun Lisze, Oliy ta’lim vazirining o’rinbosari U.Begimqulov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomidagi O’zbek-Xitoy instituti direktorlari Yan Taibao hamda S.Nosirovalar chiqib o’z tabriklarini izhor qildilar. Shundan so’ng anjuman ochiq deb e’lon qilinib ishtirokchilar o’z ma’ruzalarini eshittirishlari uchun birma-bir minbarga taklif qilindilar. Anjuman kun davomida Filologiya va o’qitish metodikasi, Falsafa va manbashunoslik,  Tarix, ta’lim va madaniyat, Iqtisodiyot hamda Yosh xitoyshunoslar majlislariga bo’lingan holda o’tkazildi. Anjumanni dotsent A.Karimov olib bordi.

 

photo_2017-11-30_09-17-59 photo_2017-11-30_09-18-01 photo_2017-11-30_09-18-23 photo_2017-11-30_09-18-15 photo_2017-11-30_09-18-07 photo_2017-11-25_00-39-53 photo_2017-11-22_00-50-36 photo_2017-11-22_00-50-02 photo_2017-11-22_00-49-52

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: