Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O’zbekistonda zamonaviy etnologik tadqiqotlarning dolzarb muammolari mavzusida davra suhbati tashkil etildi

14.03.2020, 10:53 Yangiliklar 21

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa” fakulteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasining O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik asosida Tarix fanlari doktori, professor Adhamjon Ashirovning “O’zbekistonda zamonaviy etnologik tadqiqotlarning dolzarb muammolari” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo’lib o’tdi. Unda hozirgi kundagi etnologiya fanining tarixi hamda hozirgi kundagi dolzarb muammolari va o’zini kutayotgan yechimlar yuzasidan fikr mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi talabalarini qiziqtirgan savollarga javob berib o’tildi. Hamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori, t.f.d. A.X.Doniyorov hozirgi kundagi etnologiya fanining faoliyati haqida gapirib berib, talabalarga o’zbek xalqining o’tmishi va etnik tarixi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va muammolar yuzasidan o’z mulohazalarini bildirib o’tdi. Shuningdek kafedra professori, t.f.d. M.M.Is’hoqov o’tmishda yashab o’tgan etnograf olimlarning ilmiy faoliyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlar talaba-yoshlarga so’zlab berdi. Ma’ruza yakunida o’z vaqtini ayamay tashrif buyurgan A.A.Ashirovga kafedra jamoasi va talabalari nomidan minnatdorchilik bildirdi.photo_2020-03-11_18-20-19

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: