Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: maqsad va vazifalar, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar” mavzusidagi uchrashuv

20.01.2020, 21:19 Yangiliklar 22

18-yanvar kuni ToshDSHIda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: maqsad va vazifalar, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov, Markaz direktori o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ToshDSHI rektori G. Rixsiyeva ochib berdilar hamda anjuman qatnashchilarini tabrikladilar, so’ngra esa Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon soha rivojiga ulkan hissa qo’shishini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Markaz qurilishi, ushbu majmuaning o‘zida 40 mingga yaqin nodir eksponatlarga boy Islom san’ati muzeyi, 100 ming kitob fondiga ega kutubxona va qo‘lyozmalar fondini mujassam etishi kabi ma’lumotlar anjuman qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Anjuman so‘nggida institut doktorantlari va talabalari ushbu markazda ilmiy faoliyat olib borish talablari to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha ma’lumot.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: