Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

SHARQSHUNOS TALABALARGA!

Aziz talabalarimiz! Siz o‘z oldingizga sharqshunoslik ilmini egallashdek oliy maqsad qo‘ygansiz.

Bu maqsad yo‘lida Sizdan:

  • Dunyo talablariga javob bera oladigan, keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lgan, xorijiy Sharq va G‘arb mamlakatlari tillarini mukammal bilish bilan bir qatorda Yaqin, O‘rta va Uzoq Sharq hamda Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyati, tarixi, falsafasi, iqtisodi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, xalqaro siyosati hamda chuqur bilimlarga ega bo‘lgan yuksak maqsadlarni qalbiga jo qilgan vatanparvar zamonaviy sharqshunos bo‘lishingiz;
  • Umumbashariy va milliy qadriyatlarga, an’analarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lib, ijtimoiy va madaniy farqlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilishingiz;
  • Intellektual va umummadaniy darajani mukammallashtirish va o‘z shaxsini ma’naviy va jismoniy takomillashishga erishish uchun mehnat qilishingiz;
  • Axloqiy va huquqiy me’yorlar va majburiyatlarni hisobga olgan holda maqsadga erishishga qat’iyatlikni ko‘rsata bilishingiz;
  • Tanlagan sohaga oid fan va texnika yutuqlarining eng so‘nggi namunalarini mukammal egallashingiz, global kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlarni muntazam ravishda kuzatib borishingiz, tahlil qila olishingiz, bunda o‘zingizning insoniy, vatanparvar pozitsiyangizni aniq namoyon qilishga tayyor tura olishingiz;
  • Jamoa a’zosi sifatida amal qilishingiz lozim bo‘lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga hurmat bilan qarash va oldingizga qo‘ygan oliy maqsadga erishishda qat’iyatli bo‘lishingiz, jamoa manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishingiz, ezgulik, yaxshilik va sahovat hayotiy qadriyatingizga aylana olishiga erishishingiz:
  • Qayerda bo‘lmang, yurt, Vatan manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan, fidoyi, vatanparvar inson bo‘lishingiz  talab etiladi.

Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shib, uning dovrug‘ini olamga taratib kelayotgan  mashhur sharshunoslar an’analarini davom ettirishda barchangizga katta shijoat, omad va muvaffaqiyatlar tilayman.

 

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori

filologiya fanlari doktori,  professor,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi

MANNONOV ABDURAHIM MUTALOVICH

08.02.2017, 18:53 1665

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: