Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Rossiyada TDSHI bilan hamkorlikda o’zbek tilidan yozilgan o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqdi

19.12.2018, 13:32 Yangiliklar 382

2018 yil dekabr oyida Moskva shahri «Prometey» nashriyotida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarjimashunoslik” kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidov va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari institutining yetakchi olimlari filos.f.d., prof. Toir Maxamatov va f.f.n., dots. Tanem Loseva-Baxtiyarovalar hamkorligida rusiyzabon talabalar uchun “Узбекский язык (учебное пособие с опорой на практический перевод текстов)” nomli o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqdi.

M.V.Lomonosov nomidagi MDU OAMI Markaziy Osiyo va Kavkaz kafedrasi mudiri t.f.d., prof. J.S.Sizdikova tahriri ostida nashr etilgan mazkur kitobga RF TIV Diplomatiya akademiyasi Sharq tillari kafedrasi  mudiriA.T.Mozloyev va ToshDShI dotsenti f.f.n. G.Sh.Rixsiyevlar taqriz yozganlar.

16 bosma taboqli (254 bet) ushbu kitob Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalaridagi filologiya va tarjimashunoslik ta’lim yo‘nalishlarida o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, RF TIV Diplomatiya akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik institutining yetakchi olimlari tomonidan sharq tillarini o‘qitish uslub va metodlarini umumlashtirish asosida yaratildi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: