Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sen aziz va muqaddassan ayol” bayram tadbiri o’tkazildi

05.03.2019, 17:25 Yangiliklar 725

Bahor – yosharish va yangilanish falsi. Bahor o’zining go’zalligi, nafisligi va tarovati bilan dillarimizni doimo shod aylaydi. Shu bilan birga Bahorning o’zgacha ko’rki va tarovati ushbu faslda nishonlanadigan go’zal bayramlar bilan yanada oshadi.

“8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan 2019-yilning 5-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Madaniyat saroyida “Sen aziz va muqaddassan ayol” bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, talabalari hamda o’zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirok etishdi.

Tadbirni tabrik so’zi bilan institutimiz rektori professor A.Mannonov ochib berdi. Rektorimiz o’z nuqtida institutda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni bayram bilan qutladi. Hozirgi kunda ayollarning jamiyatda tutgan o‘ni beqiyos ekanligini aytib o‘tilib, institutda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib, talabalarga ta’lim-tarbiya berishda barchaga namuna bo‘lish bilan bir qatorda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashuvchi bir qator fidokor ustoz-murabbiylar va xodimlarga rahbariyatning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

So‘ng tadbirning badiiy qismi boshlanib, unda institut professor-o’qituvchilari hamda talabalari tomonidan go’zal kuy va qo’shiqlar, jozibador raqslar tadqim etildi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist G’iyos Boytoyev va Nargiz tomonidan ijro etilgan go’zal qo’shiqlar tadbirga o’zgacha ko’rk bag’ishladi.

IMG_3922IMG_3917IMG_3925 IMG_3932 IMG_3939 IMG_3943 IMG_395120190305_143842 20190305_144222 20190305_145245 20190305_145753 20190305_150057 20190305_151320