Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Shanxay universiteti dotsenti Y.Mao tashrifi

20.11.2018, 18:07 Yangiliklar 602

2018-yilning 20-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Shanxay universitetining Iqtisodiyot instituti dekan o‘rinbosari, dotsent Mao Yanbing tashrif buyurdi. Shanxay universiteti vakili bilan TDSHI rektori, prof. A.Mannonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, s.f.n. N.Abdullaev, Xitoyshunoslik fakulteti dekani, f.f.n. S.Xashimova va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i G’.Yoziev uchrashuv o‘tkazdi.

IMG_2873

Uchrashuv davomida TDSHI rektori A.Mannonov institutimiz, xususan Xitoyshunoslik fakulteti, Konfutsiy instituti faoliyatiga haqida ma’lumotlar berdi. Xitoyshunoslik fakultetida talabalarning tahsil olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, Xitoyning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Shanxay universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, xususan, “2+2” bakalavriat va “1+1” magistratura sxemalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida birgalikda xitoyshunos kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga molik masala ekanligini ta’kidladi.

Shanxay universiteti vakili dotsent Mao Yanbing O‘zbekistonga tashrifidan mamnunligi va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti haqida hamkasblaridan ko`p marotaba eshitganini aytib, Xitoyshunoslik fakulteting faoliyatini yuqori baholadi. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni 3 bosqichda (bakalavriatura, magistratur va doktorantura) amalga oshirish imkoniyalari haqida to‘xtalib, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini aytib o‘tdi.

IMG_2879

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: