Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi

 pulatova-dildora PULATOVA DILDORA AKMALOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Falsafa fanlari nomzodi,dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99893 390 12 59
E-mail: falsafa2009@mail.ru

Kafedra tarixi

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan tengdosh bo‘lib, uning tashkil etilishi tarixi institut tirixi bilan chambarchas bog‘liq. Kafedra tashkil topgan 1991 yildan boshlab, bu yerda Respublikamizda taniqli bo‘lgan faylasuf-olimlar, professor-o‘qituvchilar M.A.Axmedova(1994-2012), В.Т. Тo‘ychiyev (2003-2007), B.А. Аbduhalimov (2004-2006), Х.Аliqulov (1990-2011), R.M.Imomaliyevа (2003-2012), E.J.Boboyeva(2004-2012), R.R.Кarimov (2001-2014) faoliyat ko‘rsatganlar. Kafedra negizida 2001 yildan “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi ва 2005 yildan “Zamonaviy Sharq falsafasi va tarixi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayorlana boshlandi. 2014 yildan kafedra nomi “Sharq falsafasi va madaniyati” deb nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2015 yil 20 sentyabrdan kafedra negizida 5120800-Sharq falsafasi va madaniyati hamda 5A120801-Sharq falsafasi va madaniyati magistratura mutaxassisligi tashkil etildi. Ayni paytda kafedrada 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar katta o‘qituvchi hamda “Zamonaviy Sharq falsafasi va tarixi” magistratura mutaxassisligini muvaffaqiyatli tamomlagan yosh o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Kafedraga 1993-yildan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi falsafa fanlari doktori, professor, M.A.Axmedova rahbarlik qilgan, 2004-yil boshlab esa kafedraga Oliy ta’limi a’lochisi falsafa fanlari nomzodi, dotsent, D.A.Platova rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5120800-Sharq falsafasi va madaniyati
  • 5120500- Falsafa

Kafedra magistratura mutaxasisligi

  • 5A120801-Sharq falsafasi va madaniyati

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi

  1. Falsafa
  2. Etika
  3. Estetika
  4. Mantiq
  5. Milliy g‘oya
  6. Sharq falsafasi tarixi
  7. G‘arb falsafasi tarixi
  8. Falsafaning umumnazariy masalalari
  9. Madaniyat nazariyasi
  10. Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi
  11. G‘arb falsafasi
  12. Sharq falsafasi
  13. Axloq va nafosat falsafasi
  14. Tabiat falsafasi
  15. Ijtimoiy falsafa
  16. Falsafani o‘qitish metodikasi

Magistratura mutaxasisligi

  1. Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi
  2. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  3. Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi va zamonaviy sivilizatsiyasi
  4. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi
  5. Zamonaviy G‘arb falsafasining muammolari va yo‘nalishlari
  6. Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji
  7. Falsafiy matn tarjimasi va amaliyoti
  8. 8. Mutaxasislik fanlarini o‘qitish metodikasi
  9. Sharq falsafasida antropologik muammolar

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Izzetova Emina Mustafayevna- falsafa fanlari doktori,professor
  2. Qodirov Muxammadjon- falsafa fanlari nomzodi, dotsent
  3. Ro‘zmatova Gulnoza Miraxrarovna-falsafa fanlari doktori, dotsent
  4. Axmedova Sanam Djalalovna-falsafa fanlari nomzodi,katta o‘qituvchi
  5. Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich- katta o‘qituvchi
  6. Raxmonov Abduqahhor Abdusattorovich-o‘qituvchi
  7. Shukurxo‘jayev Maqsudxo‘ja Norxo‘ja o‘g‘li-o‘qituvchi
  8. Narimonov Qahramon G‘ulomjonovich-o‘qituvchi

 Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  1. Ulug‘bek nomidagi milliy universitet ijtimoiy fanlar fakulteti
  2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq Qo‘lyozmalari Markazi
  3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
  4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  5. Toshkent temir yo‘llari muhandislik Instituti
  6. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor xorijiy tillar akademik litseyi
  7. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Yunusobod xorijiy tillar akademik litseyi

Kafedraning xalqaro hamkorligi

 1.TDSHI Koreys filologiyasi kafedrasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Quriyashunoslikning rivojlanishini tadqiq etishga ba‘gishlangan xalqaro granti doirasida Quriya falsafasi o‘rganiladi.

Kafedra professor- o‘qituvchilarining nashrlari

  1. Основi философии. Под общ.ред.проф.М.А.Ахмедовой.(1998);
  2. Основi философии. Под общ.ред.проф.М.А.Ахмедовой.(2004) ;
  3. Ahmedova M. umumiy tahriri ostida.(2006);
  4. Пулатова Д.А., ИззетоваЭ.М. Философия (2013).
  5. ИззетоваЭ.М., Пулатова Д.А. Философия и методология науки.(2013)
  6. Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Sharq falsafasi.(2013).
  7. Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. (2013).
  8. Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi.(2013).
  9. P o‘latova D., Ro‘zmatova G., Jalolova O‘. Axloqshunoslik. (2013).
  10. Po‘latova D., Fayzixo‘jayeva D. O‘quv qo‘llanma (2013).
  11. Po‘latova D.A. Falsafa. Falsafa asoslarining mantiqan-tizimlashgan amaliy kursi.(2013).
  12. Qodirov M. Nasriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asari va uning tahlili. (2014).
  13. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri. O‘quv qo‘llanma (2010).
  14. Nuritdinov M.N., Po‘latova D.A., Fayzixodjayev D.E.va boshq. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlari (VIII-XVIII asrlar). (2014).
  15. Po‘latova D.A., Sulaymonov J.B. Abu Zayd Abdurahmon Ibn Xaldun qarashlarida axloq masalalari. (2014).
  16. Po‘latova D., Rasuleva N., Sulaymonov J. Abduhalimov A. Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari. (“Tahzib-ul -axloq” va “Al-Hikmat al-xolida” asarlari asosida).(2013).

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

  1. “O‘zbekiston ayollarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish muammolari”
  2. “Mir Sayid Sharif Jurjoniy(1339-1431) ning falsafiy qarashlari va mantiqiy ta’limoti”
  3. “Ilmiy bilish usullari va bilimning haqqoniyligi muammolari”
  4. “Ilmiy bilish va insonparvarlik ideallarining o‘zaro munosabati”
  5. “Freydizmda inson muammosining falsafiy tahlili”
  6. “Ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar”
  7. “Yoqub Abu Yusufning “Kitob al-xaroj” asaridagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar”
  8. “Beruniy va F. Bekon gnoseologik qarashlarining qiyosiy tahlili”

Kafedraning ilmiy loyihalar

  1. F-1-140 ”Sharq falsafasining axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni” (qo‘lyozmala tarjimasi va athlili asosida).

Fotolavhalar

pulatova-2

pulatova

 

 

24.11.2016, 15:21 1214