Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq filologiyasi fakulteti professor-o’qituvchilari Zangiota tumani maktablarida uchrashuv o’tkazishdi

01.12.2018, 10:41 Yangiliklar 677

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti va Turkiy tillar kafedralarining professor-o’qituvchilari fil.f.d. D.Z.Muxiddinova, f.f.n., A.Alimbekov, f.f.n., dots. L.Aminovalar va Z.Keldiboyeva, M.Fozilova, M.Xaitova, M.Baxtiyorova 2-kurs (turk tili) talabalari bilan birgalikda 2018-yilning 23-noyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 5-maktabga tashrif buyurdi. Uchrashuv jarayonida 8, 9, 10-sinf talabalari bilan kitobxonlik bo‘yicha suhbat uyushtirildi. Suhbat jarayonida o‘quvchilarning sevimli asarlari, sevimli qahramonlari haqida suhbatlashildi. Talabalarimiz o‘quvchilarga Z.Keldiboyeva, M.Fozilova, M.Xaitova, M.Baxtiyorovalar turk tilida she’rlar ijro etib berishdi, Fil.f.d. D.Z.Muxiddinova, f.f.n., A.Alimbekov, f.f.n., dots. L.Aminovalar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya, ilm olish, kitobxonlik bo‘yicha ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik institutidagi ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi va berilgan ma’lumotlar o‘quvchilarda katta qiziqtirish uyg‘otdi. Uchrashuv jarayonida savol-javoblar orqali o‘zbek va jahon adabiyoti bo‘yicha viktorina o‘tkazildi. O‘quvchilar A.Navoiy, Bobur g‘azallari, ruboiylardan yodlab berdilar, shuningdek, Navoiyning “Xamsa” asari, asarlarini tahlil qilib berdilar. 5-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv nihoyatda qiziqarli o‘tdi. Maktab  o‘quvchilar o‘z bilimi, qiziqishlari bilan katta ta’ssurot qoldirdi.

2018-yilning 30-noyabr kuni mazkur kafedralar professor-o’qituvchilari va faol talabalar maktab o‘quvchilari orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularda kitobga mehr uyg‘otish maqsadida Zangiota tumani 1-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Suhbat avvalida  kafedra o‘qituvchilari institut faoliyati, o‘zlari dars beradigan tillar adabiyoti haqida so‘zga chiqishdi. Jumladan turk adabiyoti o‘qituvchisi f.f.d.Kenjayeva Poshshajon turk adabiyoti va uning yorqin namoyandalari, turk adabiyotining jahon adabiyotida tutgan o‘rni haqida ma’ruza qildi, 4-kurs turk-ingliz guruhi talabasi Saydaliyev Anora atoqli turk shoiri F.Chamlibelning turkcha she’rini o‘qib berdi. Uyg‘ur tili va adabiyoti o‘qituvchisi Gisarov Farhod uyg‘ur tili va adabiyoti haqida, uyg‘ur va o‘zbek tilining o‘xshash jihatlari haqida, xitoy adabiyoti o‘qituvchisi Komilova Shahnoza va yapon adabiyoti o‘qituvchisi Qosimova Gulnoralar esa o‘zlarining Xitoy va Yaponiyaga qilgan safarlari haqida, xitoy, yapon adabiyoti namoyandalari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdilar, Qosimova Gulnora yapon adabiyoti shoiri Masuo Boshyoning xokkusini o‘qib berdi. Fors adabiyoti o‘qituvchisi Oydin Turdiyev mumtoz fors adabiyotining yirik namoyandasi Sa’diy Sheroziyning “Guliston”idan hikoyatlar, uning “Odamiyat” she’ridan parcha o‘qib berdi. Suhbat jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Uchrashuv jarayonida “Eng faol kitobxon” viktorinasi o‘tkazildi. Unda institut o‘quvchilari o‘quvchilarning kitobxonlikka oid bilimlarini sinab ko‘rdilar. Savollarga to‘g‘ri javob topgan o‘quchilarga Daniel Defoning “Robinzon Kruzo”,  G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, Poshshajon Kenjayevaning “Binafsha” hikoyalar to‘plami, turk xalq ertaklari, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” va yana boshqa kitoblar sovg‘a qilindi.

2 3 4 5

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: