Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq filologiyasi fakulteti

omonov-qudratulla OMONOV QUDRATULLA SHARIPOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori, dotsent
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Seshanba, payshanba, shanba (14:00-16:00)
Tel.: +998 71 236 15 54
E-mail: omonov_k@inbox.uz

 

Fakultet tarixi

Fakultet Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi va tarix fakulteti negizida institut rektorining 2000 yil 24 avgustdagi №K/05-36-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan, 2011 yil 30 iyundagi №01-143-sonli buyruq bilan Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti nomi bilan, 2014 yil 20 sentabrdagi №01-243-sonli buyrug‘i bilan Sharq fililogiyasi fakulteti deb nomlana boshladi. 1944 yildan to hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan Sharq filologiyasi fakultetini bitirgan mutaxassislardan 50 nafari fan doktori va 300dan ziyodi fan nomzodi ilmiy darajalarini olishgan.

Sharq filologiyasi fakultetining bitiruvchilari orasidan A.Rustamov, U.Karimov, A.Qayumov kabi akademiklar, I.Abdullayev, S.G‘aniyeva, A.Hayitmetov, P.Qodirov singari davlat mukofoti sohiblari, Q.Mahmudov, Sh.Shomuhamedov, E.Rustamov kabi xalqaro mukofot sohiblari, S.Mirqosimov, F.Teshaboyev, A.Shayxov, S.Inog‘omov, I.Ergashev, A.Usmonov kabi favqulodda va muxtor elchilar yetishib chiqqan.

Bugunga kelib fakultetda 9 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular:

  • Arab filologiyasi.
  • Eron-afg‘on filologiyasi.
  • Turkiy tillar.
  • Yapon filologiyasi.
  • Koreys filologiyasi.
  • Janubiy Osiyo tillari.
  • Xorijiy Sharq mamlakatlari adabiyoti.
  • Mumtoz filologiya.
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti.

O‘quv ishlari

Fakultetda saboq chiqarayotgan 670 dan ortiq talaba va 120 dan ziyod magistrlarga o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lgan 100 dan oshiq professor-o‘qituvchi dars berib kelmoqda. Ularning 17 nafari fan doktori – professorlar, 30 ga yaqini fan nomzodi – dotsent ilmiy darajasiga ega tajribali ustozlardir. Ular orasida dunyo sharqshunosligida o‘z ilmiy maktabiga ega bo‘lgan A.Mannonov, A.Quronbekov, M.Imomnazarov, Q.Sodiqov, R.Xodjayeva, X.Islomjonova singari olimlarning borligi e’tiborga loyiq.

Fakultetda uchta ta’lim yo‘nalishi va beshta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Fakultetda bakalavr yo‘nalishlarida va magistratura mutaxassisliklarida 13 ta sharq tillari (arab, fors, pushtu, dariy, turk, uyg‘ur, koreys, yapon, hind, urdu, malay, indonez, vetnam), 3 ta Yevropa tillari (ingliz, fransuz, nemis), shuningdek, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumkasbiy fanlardan dars berilmoqda.

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillari bo‘yicha)
  • 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo‘yicha)

Magistratura mutaxassisliklari:

  • 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tillar va tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha)
  • 5A120102 – Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha)
  • 5A120103 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha)
  • 5A120104 – Sharq mumtoz adabiyoti manbashunosligi va matnshunosligi
  • 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)

Ilmiy ishlar

Fakultetning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni qamraydi:

  • Hozirgi zamon Sharq adabiy tilllari: til tizimidagi o‘zgachaliklar va uning lingvistik tadqiqi.
  • Hozirgi zamon Sharq tillarni qiyosiy jihatdan o‘rganish.
  • Sharq tillarida bitilgan yozma yodgorliklar tili; yozuv yodgorliklarini lingvistik jihatdan tekshirish.
  • Sharq tillari tarixi: yozma tilning yuzaga kelishi va taraqqiyoti masalalari.
  • Manbashunoslik va matnshunoslik: ilk matnning tekstologik, paleografik va mazmuniy tahlili; ilmiy, ilmiy-tanqidiy matn tuzish prinsiplari.
  • Sharq tillari tarixida matn tuzish an’anasining shakllanishi va tarixiy takomili.
  • Adabiy til uslublarining yuzaga kelishi, uning yuksalishi masalalari.
  • Leksikografiya, Sharq tillarida atamashunoslik tarixi, uning ilmiy asoslarini o‘rganish, atamashunoslik tarixidagi an’analarni tekshirish va uning yaxlit bir tizimini ishlab chiqish.
  • Sharq xalqlari adabiyoti; badiiy matnning adabiyotshunoslik uchun muhim bo‘lgan xususiyatlarini ilmiy tadqiq etish.
  • O‘zbek va Sharq xalqlari adabiy aloqalarining muhim qirralarini o‘rganish.
  • O‘zbek va Sharq tillaridagi badiiy matnni bir tildan ikkinchisiga o‘girish va tarjimashunoslikning muhim masalalari.
  • Umumiy tilshunoslikning nazariy masalalari va qiyosiy tipologiya.

E’tiborlisi, fakultet professor-o‘qituvchilarining ko‘pi yoshlar. Ularni ilmga tortish, ilmiy rahbarlik qilish jamoada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda yolg‘iz dars berish bilan cheklangan o‘qituvchi yo‘q. Keksa bo‘lsin, yosh bo‘lsin, o‘z pedagogik faoliyati bilan yonma-yon ilmiy ish ham olib boradi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetda 9 ta ustuvor yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifat tadbirlarining qamrovi hamda samaradorligini ko‘tarish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq ravishda talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida talaba-yoshlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, respublika davlat arboblarining intervyulari hamda xorijiy mamlakatlarda ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida to‘laqonli ma’lumotlar dekanat hamda kafedralar hamkorligida tashkil etilgan “Axborot va murabbiylik soatlari”da muntazam yoritib boriladi. Xususan, talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish, talabalar orasida atroflicha muhokama qilish maqsadida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Fakultetda oldindan ishlab chiqilgan reja asosida o‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar, davlat arboblari, sarkardalarning tavallud kuni munosabati bilan bayram tantanalari uyushtiriladi. Vatanimiz tarixidagi  qutlug‘ sanalar munosabati bilan ham tadbirlar amalga oshiriladi. Fakultet talabalari institut, tuman, shahar, respublika, xalqaro miqyosdagi yoki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlarda faol qatnashib munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Har yili institut miqyosida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha “Rektor kubogi”, “Kamolot kubogi” musobaqalarida o‘qituvchilar va talabalarimiz fakultet terma jamoalari tarkibida qatnashib yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda.

Fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini olib borish maqsadida fakultetning har bir kafedrasi qoshida ilmiy-tadqiqot va badiiy havaskorlik to‘garaklari tashkil etilgan.

Fakultetining hamkor tashkilot va muassasalari:

  1. O‘TAU qoshidagi Til va adabiyot instituti
  2. O‘zR FA Tarix instituti
  3. O‘TAU qoshidagi Til va adabiyot muzeyi
  4. ToshDSHI huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalar markazi
  5. O‘zbekiston Yaponiya Markazi
  6. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
  7. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti
  8. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
  9. “Sharq yulduzi” jurnali
  10. “Jahon adabiyoti” jurnali
  11. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi
  12. “Muharrir” nashriyoti
  13. Muhammad Yusuf fondiga qarashli “Oltin qalam” gazetasi
  14. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
  15. Toshkent davlat pedagogika universiteti
  16. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  17. Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti
  18. Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti
  19. ToshDSHI qoshidagi Olmazor akademik litseyi
  20. ToshDSHI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi
  21. Lal Baxadur Shastri nomidagi 24 – maktab
  22. 59 – maktab
  23. Sejong instituti

Xalqaro aloqalar

sharq-fil-xa

25.09.2017, 22:50 1145

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: