Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sharq” teatr jamoasi “Talabalar teatr studiyalari festivali” g‘olibi

12.04.2018, 21:31 Yangiliklar 387

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining iqtidorli talaba-yoshlaridan tuzilgan “Sharq” teatr jamoasi Oliy ta’lim muassasalari “Talabalar teatr studiyalari festivali”ning 2-bosqichida “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi intitutida bo‘lib o‘tgan ushbu festivalda “Sharq” teatr studiyasi To‘ychiboyev Jasur ssenariysi asosida sahnalashtirilgan “So‘ngi qadam” tragediyasini namoyish etdi. Ushbu spektakldan ko‘zlangan oliy maqsad yoshlarni giyohvandlik balosidan ogoh etish va turli yomon to‘dalarga aralashib qolishlarini oldini olishdan iborat.

Spektaklda institutimiz iqtidorli talabalari Bekdurdiyev Mashhura, Sultonova Gavhar, Odilbekov Abrorbek, Dehqonov Abdukarim, Shomurodov Baxrom, Sunnatova Barno, Jo‘rayeva Go‘zal, Xudoyberdiev Oybek, Xayrullaev Ikrom, Abdujalilov Shohjahon, Xikmatov Islom, Sadiev Abror va Boboxonov Xushnudlar o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

O‘zining yorqin iqtidori, mehnatsevarligi va jonkuyarligi sababli Jo‘rayeva Go‘zal “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mutloq g‘olibalikni qo‘lga kiritdi va maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Shu o‘rinda barcha “Sharq” teatr jamaosi a’zolarini erishgan zafarlari bilan chin yurakdan tabriklab, kelgusidagi o‘qish va ishlarida omadlar tilaymiz.

photo_2018-04-12_21-27-38 photo_2018-04-12_21-27-37 photo_2018-04-12_21-27-36 photo_2018-04-12_21-27-31 photo_2018-04-12_21-27-40

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: