Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sharq tillarini o’qitishda innovatsiyalar” mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi

06.12.2018, 19:12 Uncategorized, Yangiliklar 830

2018-yilning 6-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Sharq tillarini o’qitishda innovatsiyalar” mavzusida OTM miqyosidagi konferensiya bo’lib o’tdi. “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan konferensiyada institutning professor-o’qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Konferensiyada xorijiy tillarni o’qitishda interaktiv metodlar, noan’anaviy usullardan foydalanish, oylayn mahorat maktabini o’tkazish, talabalarga qadimgi matnlarni o’qitishda yangi usullardan foydalanish, til o’qitishda zamonaviy multimedia vositalarini qo’llash, masofaviy ta’limni joriy etish, talabalarda eshitish, so’zlashish, yozish va o’qish kompetensiyalarini rivojlantirish, talabalar bilimini baholash usullarini tadqiq qilish, innovatsion ta’limda modul ta’limining mohiyati, xorijiy tillarni o’qitishda jahon tajribasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Xususan, f.f.d., prof. R.Xodjaeva “Badiiy adabiyot va uning nazariyasining maxsus kurslarda arab tilida o’rganilishining o’ziga xosligi” mavzusida, f.f.n, dots. T.Xodjaeva “Некоторые приемы активизации мыслительной деятельности у студентов” mavzusida, f.f.d., prof. SH.Shomusarov “Folklor matnlarni o’qitishda yangicha yondoshuv”, f.f.d. Q.Omonov ” Ta’limda texnologiyalardan foydalanishning innovatsion uslublari – onlayn mahorat maktabini o’tkazish tajribasidan” mavzusida ma’ruza qildilar.

Konferensiya yakuniga ko’ra sharq tillarini o’qitishda innovatsion yondoshuvlardan foydalanish bo’yicha amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqildi.

photo_2018-12-06_18-56-19 photo_2018-12-06_18-56-22 photo_2018-12-06_18-56-25photo_2018-12-06_18-56-28 photo_2018-12-06_18-56-31 photo_2018-12-06_18-56-36 photo_2018-12-06_18-56-45

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: